Samarqand şahridagi xususiy klinika rahbari, Toşkent davlat tibbiyot universiteti izlanuvçisi, otorinolaringolog Hasan Komilovga «Xalq salomatligi posboni» kökrak nişoni topşirildi.

Hasan Komilov şu yil 11-oktabr kuni samolyotda ahvoli keskin yomonlaşgan ayolning hayotini saqlab qolgandi.

Voqea Toşkent – Seul yönalişidagi HY511 reysida röy bergan. Samolyotda bölgan Hasan Komilov ekipaj aʼzolari bilan birgalikda ayolga şoşilinç tibbiy yordam körsatgan.

Öşanda ayol şok holatida bölgan, tanasi kökarib, sovib ketgan. Tibbiy yordamdan söng ayol öziga kela boşlagan.

«Bu holat şifokor uçun qahramonlik emas, bu bizning har kuni qilayotgan maşaqqatli mehnatimiz», – degandi Komilov.