«Xavfsiz va soğlom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligi doirasida Içki işlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti (IIV TQD) va Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xodimlari hamkorlikda bir qator tezkor-qidiruv tadbirlarini ötkazdi.
Dastlab Sergeli tumanida giyohvandlik vositalarini tarqatişda gumonlangan şaxslar uşlangan.
Maʼlum qilinişiça, «Matiz» avtomobilida giyohvand moddalarni yaşirin joylarga qoldiriş - «zakladka» usulida tarqatib yurgan 1996 va 1999-yillarda tuğilgan er-xotin hamda ularning 2000-yilda tuğilgan şerigi qölga olingan.
Ularning yonidan 50 ta alohida öramga joylangan gaşiş aniqlangan.
Guruh aʼzolari ijaraga olgan Çilonzor tumanidagi xonadon tekşirilganda esa 450 gramm gaşiş, 100 gramm mefedron, 1000 dona zip-paket, ikkita elektron tarozi va öraş uçun möljallangan aşyolar topilgan.
Tezkor tadbirlar Toşkent viloyatining Qibray tumanida davom ettirilgan.
Bu yerda muqaddam talonçilik va firibgarlik jinoyatlari uçun sudlangan şaxs giyohvand moddalarni yaşirin joylarga qoldiruvçi vositaçi sifatida faoliyat yuritgani aniqlangan.
U boşqargan avtomobil «Qoramurt» postida töxtatilib, tekşirilganda gaşiş topilgan.
Keyingi tezkor tadbir Mirzo Uluğbek tumanida ötkazilgan.
Unda internet orqali giyohvandlik vositalari savdosi bilan şuğullanganlikda gumon qilingan, 1987-yilda tuğilgan va muqaddam bir neça bor sudlangan şaxs hamda uning şeriklariga aloqador manzil tekşirilgan.
Xonadondan 2 kilogramm opiy ekstrakti, 40 gramm gaşiş, elektron tarozi, 1000 dona zip-paket, maxsus temir idiş va boşqa jihozlar topilgan.
Rasmiy maʼlumotga köra, ötkazilgan tadbirlar davomida jami 550 gramm gaşiş, 100 gramm mefedron va 2 kilogramm opiy ekstrakti olib qöyilgan.
Hisob-kitoblarga köra, uşbu tadbirlar natijasida 26 300 doza giyohvandlik vositasining aholi orasida tarqatilişiga yöl qöyilmagan.
Huquqni muhofaza qiluvçi idoralar fuqarolardan giyohvand moddalar savdosi bilan boğliq şubhali şaxslar yoki holatlar haqida maʼlumotga ega bölsalar, Telegram orqali Stopnarkobot'ga xabar berişni söragan.
Mamlakat böylab giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarşi tezkor-profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.








