Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukoviç Donbassdagi ixtilof vaqtida Ukrainaga rossiyalik "köngilli yollanma jangçilar" jang qilgani uçun kelganlarini ma'lum qildi. Yanukoviç bu haqda Rostov-Dondagi matbuot-anjumanida aytib ötdi. Bu matbuot-anjumani "112 Ukraina" tomonidan namoyiş qilindi.
"Men sizga aytişim mumkin, mening kortejim Qrim tomonga ketayotganda, Melitopolda pistirma bölgan. Bizning ilğor guruh uni aniqlagan. Ular u yerda taniş belgisiz bölgan odamlarni aniqlaşgan va xorijiy nutqni eşitişgan. Körinişiça, bular yollanma jangçilar bölgan. Biz öşanda bu qopqondan keta olganmiz", deb eslamoqda Yanukoviç.
Uning aytişiça, Ukrainaga nafaqat Rossiyadan, balki, Fransiya, Italiya, Bolqon davlatlari, Belarusdan yollanma jangçilar kelgan.
"Nima uçun Rossiyadan yollanma jangçilar köproq bölgan? Çunki qöşni hududlar örtasidagi aloqalar yetarliça davomiy va qardoşona bölgan. Ayniqsa, jangarilar köproq Rostov viloyati, Kuban, Voronej viloyati, Belgorod viloyatidan kelgan", deb qöşimça qildi Yanukoviç.
Uning aytişiça, köpçilik odamlar özlarining yaqinlariga, döstlariga yordam bergani kelişgan. Yanukoviçning ta'kidlaşiça, Ukrainada yuz bergan voqealar Rossiyada, ayniqsa uning çegara oldidagi hududlarida "salbiy qabul qilingan".












