Ford kompaniyasi Kyolnda "Ob-havo fabrikasi" deb nomlangan innovatsion sinovlar ötkaziş markazini barpo etadi. Bu korxonada maşinalar eng ekstremal ob-havo şaroitlarida sinovdan ötkaziladi. 

Korxonada örnatiladigan iqlim tizimlari Arktika sovuği yoki ekvatorial issiqlik şaroitlarini yaratib, minus 40 gradusdan plyus 55 gradusgaça oraliqdagi haroratlarni yarata oladi.

Bundan taşqari, maxsus qurilmalar kuçli qor yoğiş şaroitini vujudga keltira oladi, buning evaziga oynalar va oyna tozalagiçlarni isitiş tizimi işini tekşiriş va sozlaş mumkin böladi. Şuningdek, "fabrikada" uçta aerodinamik tunnel örnatiladi, ularda soatiga 250 km tezlikka ega kuçli şamol şaroitlari vujudga keltiriladi.

"Ob-havo fabrikasi" 2017 yil aprelida oçilişi rejalaştirilgan. "Ford"da yangi sinov markazi avtomobillarni dunyoning turli qiyin boriluvçi burçaklariga yuboriş zaruriyatini ança kamaytirişiga imkon berişini aytdilar. Şu bilan birga maşinalar haqiqiy ekstremal şaroitlarda sinovdan ötkazilişda davom etadi.