Las-Vegasdagi SEMA tyuning va avtomobil uskunalari körgazmasida Ford Bronco‘ning murakkab ekspluatatsiya şaroitlariga möljallangan “zaryadlangan” versiyasi namoyiş etildi.

SEMA - bu Maxsus avtomobil uskunalari işlab çiqaruvçilar uyuşmasi (SEMA) tomonidan 1967-yildan beri har yili ötkaziladigan avtomobil tyuningi va maxsus uskunalar körgazmasi. U jahon tyuning sanoatidagi eng asosiy tadbirlardan biri hisoblanadi. Yangi detallar, texnologiyalar va tayyor loyihalarni namoyiş etişdan taşqari, dasturdan öquv seminarlari hamda maxsus tadbirlar, masalan, drift-şoular örin olgan.

Ford

Bazaviy Bronco‘dan taşqi farqlari oddiy köz bilan ham yaqqol körinadi: kötarilgan podveska, diametri 18 dyuymli bedlokli Weld ğildirak disklari, taşqi diametri 42 dyuym bölgan BFGoodrich yöltanlamas şinalari, tomdagi ekspeditsiya yukxonasi hamda taşqariga çiqarilgan yonilği baki.

Jangovar qiyofa Bronco Frostwarden’ning texnik jihozlanişiga töliq mos keladi: kapot ostiga Ford Super Duty turkumi uçun möljallangan 7,3 litr hajmli Megazilla 2.0 benzinli dvigateli örnatilgan.

Ford

Kuç agregati bir qator özgarişlarga uçradi: blok, porşenlar va taqsimlaş vali kuçaytirildi, yanada unumdor forsunkalar hamda boşqaça tasmali uzatma va dempfer örnatildi. Şuningdek, 3 litr hajmli Whipple mexanik kompressori ham közda tutilgan.

Modernizatsiya qilingan dvigatel 1,2 mingdan ortiq ot kuçi va 1355 Nm aylaniş lahzasini beradi.

Kuç agregati bilan juftlikda Ford’ning oğir pikaplarida qöllaniladigan TorqShift seriyasiga mansub 10 poğonali avtomatik uzatmalar qutisi işlaydi.

Podveskada maxsus tayyorlangan Bilstein amortizatorlaridan foydalanilgan. Ford Bronco Frostwarden boriş qiyin bölgan hududlarda, masalan, Arktikada ötkaziladigan qutqaruv operatsiyalarida qöllanilişi taxmin qilinmoqda.