Rossiya Federal qöriqlaş xizmati generali Gennadiy Lopirev pora olganlikda gumon qilinmoqda. U Moskva 94-garnizon harbiy sudi tomonidan 2 oy muddatga hibsga olingan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
«Lopirevga nisbatan 23 yanvargaça bölgan muddatda 2 oylik qamoqda saqlaş ehtiyot çorasi körilsin», — degan sudya.
Avvalroq, FQX generali Lopirevga nisbatan poraxörlik böyiça jinoiy iş qözğatilgani xabar qilingan edi.
Lopirev Soçida davlat mablağlarini özlaştirişda gumon qilinib qölga olingan. Uning xonadonidan 1 mlrd rubl miqdorida naqd pul mablaği topilgan. Huquq-tartibot idoralariga köra, u Olimpiya inşootlari uçun ajratilgan yer uçastkalari bilan firibgarliklarni amalga oşirganlikda ham gumon qilinmoqda.












