Ispaniya taşqi işlar vazirligi Isroilning Madriddagi elçixonasiga Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedevning Tel-Avivga taşrifi vaqtida unga Ispaniyada işlab çiqarilgan Sniper droni sovğa qilingani böyiça norozilik bildirdi va bu dron nima uçun Medvedevga sovğa qilingani böyiça tuşuntiriş berilişini talab qildi. Bu haqda El País naşri xabar bermoqda. 

Dronni Medvedevga Isroil qişloq xöjaligi vaziri Uri Ariel tuhfa qilgan. 11 noyabrda Medvedev Tel-Aviv yaqinida joylaşgan qişloq xöjaligi ilmiy-tadqiqot markaziga taşrif buyurganda unga isroillik agronom va seleksionerlarning mahsulotlari namoyiş qilingan. Isroillik vazir meva va sabzavotlardan taşqari Medvedevga Ispaniyada işlab çiqarilgan dronni ham namoyiş qilgan. Medvedev dronga şunçalik qiziqib qolganki, vazir tarjimon orqali dronni Rossiya boş vaziriga sovğa qilişini aytgan. Dron ertasiga Rossiya elçixonasiga yetkazilgan.

Naşrning ta'kidlaşiça, Madrid Isroil hukumati Ispaniyaning Alpha Unmanned Systems SL. korxonasida işlab çiqarilgan dronni sovğa qilişga huquqlari bölmagani, uni uçinçi şaxslarga berişdan oldin işlab çiqaruvçidan tegişli ruxsat olişlari zarurligini aytgan. 

Ispaniya hukumati bu sovğa Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaga qarşi kiritilgan sanksiyalar rejimiga zid kelişini, dron esa boşqa maqsadlarda işlatilişi mumkin bölgan yuqori texnologik buyum sifatida qaralişi mumkinligini ta'kidlab ötgan. 

Ta'kidlanişiça, Isroil bu drondan ikkita sotib olgan, ularning umumiy qiymati 100 ming yevroni taşkil qilgan. Uşbu dronlarni yetkazib beriş böyiça şartnomani tuzişga bir neça yillar talab qilingan.