Janubiy Koreyaning quyoş energiyasida işlaydigan EAV-4 droni 20 kilometr balandlikda uzluksiz parvoz davomiyligi böyiça milliy rekord örnatdi.

Koreya aerokosmik boşqarmasi (KASA) xabar berişiça, quyoş energiyasida işlaydigan EAV-4 stratosfera droni 170 soat 5 daqiqa davom etgan uzluksiz parvozni muvaffaqiyatli amalga oşirdi. Yangi natija undan oldingi EAV-3 apparati 2020-yilda örnatgan 53 soatlik milliy rekorddan uç baravardan ziyod yuqori. Parvoz davomiyligi böyiça Janubiy Koreya işlanmasi dunyoda ikkinçi örinni egallaydi. U faqat Yevropaning Airbus kompaniyasi yaratgan Zephyr dronidan ortda qolmoqda.

EAV-4 Koreya aerokosmik tadqiqotlar instituti (KARI) tomonidan işlab çiqilgan. Quyoş energiyasida işlaydigan uşbu uçuvçisiz apparat qanotlarining quloçi qariyb 30 metr, parvozga kötarilişdagi maksimal massasi esa 150 kilogrammni taşkil etadi. U belgilangan vazifalarni bajariş uçun 20 kilogrammgaça foydali yukni olib uçişi mumkin.

Kunduzi qanotlarga örnatilgan quyoş panellari elektr energiyasi işlab çiqaradi, uning ortiqça qismi esa akkumulyatorlarda töplanadi. Şu tufayli apparat panellar energiya işlab çiqarmaydigan tungi vaqtda ham parvozni davom ettira oladi.

Uzoq vaqt uçiş imkoniyatini namoyiş etişdan taşqari, apparat tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etişda amaliy qöllaş uçun zarur bölgan kuzatuv vazifalarini ham bajardi.

Örmon yonğinlarini aniqlaş sinovlari paytida EAV-4 optik-elektron va infraqizil kameralar yordamida 14,4 kilometr balandlikdan yonğin öçoğini atigi bir neça soniyada aniqladi. Bundan taşqari, u tutunning tarqaliş yönalişi va yonğin frontining harakatini kuzatiş hamda prognoz qiliş imkoniyatlarini namoyiş etdi.

Yer orbitasidagi sunʼiy yöldoşlardan farqli ravişda, stratosfera apparatlarini bevosita kerakli hududga yönaltiriş mumkin. Ular oddiy dronlarga nisbatan kengroq hududlarni uzluksiz kuzatişi, favqulodda vaziyatlarda esa yerdagi mobil telefonlar bilan töğridan-töğri aloqa örnatişi mumkin.