Filippin prezidenti Rodrigo Duterteni qöriqlovçi 7 nafar xavfsizlik xizmati xodimi va 2 nafar harbiy seşanba kuni, ya'ni davlat rahbarining bu yerga kelişidan bir kun avval  mamlakat janubida bomba portlaşi natijasida jabrlangan. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi. 

Milliy xavfsizlik vaziri Delfin Lorenzananing ma'lum qilişiça, prezidentning qöşimça qöriqçilari bölgan yuk maşinasi yonida qölbola portlaş moslamasi işga tuşgan. Uning sözlariga köra, jarohatlanganlar tezkorlik bilan şifoxonaga yetkazilgan. 

Xabarda aytilişiça, yuk maşinasining avtokolonnasi tarkibida prezident "pul"idagi (davlat rahbari faoliyatini yorituvçi) jurnalistlar ham harakatlanayotgan bölgan, lekin ularning heç biriga ziyon yetmagan.

Duterte janubiy Mindanao orolida radikal islomiy ayirmaçilarga qarşi jang olib borayotgan hukumat harbiylarini qöllab-quvvatlaş maqsadida mamlakat janubiga yöl oldi. Manil ma'muriyatidan xabar berişlariça, prezidentning sodir bölgan voqea tufayli işçi safarini uzib qöyiş niyati yöq.

"Menga safarni keçiktirişni maslahat qilişdi, biroq men bunday qilmoqçi emasman. Agar imkon bölsa, biz ham öşa yönaliş böyiça harakatlanamiz va ehtimol, u yerda kiçik töqnaşuv yuz berar... tajriba almaşarmidik", - dedi Duterte. 

Sönggi ma'lumotlarga köra, davlat rahbariga taxminan 50 kişi hamrohlik qilgan. Yölda qölbola portlaş moslamasi işga tuşgan va kortej avtomat quroldan nişonga olingan.