Kaplunovning ğoyib bölişi

«Ukrainskaya pravda» naşrining yozişiça, mojaro «Rossiya köngillilar korpusi» Ukraina bölinmasi komandiri örinbosari Stepan Kaplunovning ğoyib bölişi fonida boşlangan. U 23-avgust kuni Kiyevdagi hovlisidan nomaʼlum şaxslar tomonidan olib ketiladi. Mazkur holat huquqiy jihatdan jiddiy savollarni yuzaga keltirgan, çunki jarayon heç qanday protsessual doiralarsiz amalga oşirilgan: uşlab turiş bayonnomasi tuzilmagan, advokat va tarjimon iştiroki taʼminlanmagan va gumondorning öziga rasmiy ayblov qöyilmagan. Bir haftadan köproq vaqt davomida Kaplunovning safdoşlari va advokatiga uning holati haqida aniq maʼlumot berilmagan. «Rossiya köngillilar korpusi» (RDK) ştab boşliği Aleksandr Fortuna ham qator kuçişlatar idoralarga rasmiy sörovlar yuborgani, ammo heç biridan aniq javob ololmaganini maʼlum qilgan. Keyinçalik hibsdan ozod etilgan Kaplunov Radio NV naşriga began intervyusida vaziyatni quyidagiça izohlagan. 
«Meni yerga yotqizişdi, qöllarimga kişan taqişdi. Umuman olganda, tergov harakatlari va hibsga oliş jarayonlari qanday bölişini ozmi-köpmi tuşunaman. Odatda gumonlanuvçiga qaysi moddalar böyiça qanday ayblov qöyilgani aytiladi. Bu yerda esa meni şunçaki qora BMW avtomobiliga tiqişdi. Oçiğini aytganda, bu öğirlaş edi. Şundan söng qöllarimni kişanlagan, közlarim skotç bilan boğlangan holda olib borişdi. Menimça, bu qandaydir maxsus rejimdagi obyekt yoki, boşqaça aytganda, yaşirin qamoqxona bölgan. U yerda meni kameraga joylaştirişdi, qöllarimni kişan va zanjir bilan boğlaşdi. Bir neça sutka davomida közlarim ham doim yopiq holda böldi», deya taʼkidlagan u

Keyinçalik Ukraina Xavfsizlik xizmatidagi (SBU) manbalar Kaplunov Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati bilan ehtimoliy aloqalarda gumonlanib olib ketilganini bildirgan.

Foto: UP

Şumskiy köçasidagi otişma

1-sentabrdan 2-sentabrga ötar keçasi Ukraina Xavfsizlik xizmatining tezkor-tergov guruhi tintuv ötkaziş uçun Stepan Kaplunovni yaşirinça öz kvartirasiga olib keladi. Qandaydir tarzda bu haqidagi maʼlumot Boş razvedka boşqarmasi (GUR) ixtiyoriga yetib boradi. Kaplunovning uşlab turilişini «öğrilik» sifatida baholayotgan GUR xodimlari va «Rossiya köngillilar korpusi» harbiylari tezlik bilan bu yerga kelişadi. Dastlab özaro kelişuvga erişilgan bölsa-da, keyinçalik vaziyat nazoratdan çiqib ketadi. 2-sentabr tongida yuz bergan otişma natijasida kamida uç nafar Razvedka boşqarmasi xodimi yaralangan. Ularning ikki nafarining ahvoli oğir ekani aytilyapti. Otişma sababli politsiya yaqin atrofdagi bir neçta köçani yopgan. Voqea joyidan olingan suratlarda yaradorlar va yerdagi qon doğlarini köriş mumkin.