2016 yil dekabridan Rossiyaning «Yamal» aviakompaniyasi Podmoskovedagi yangi barpo etilgan Jukovskiy xalqaro aeroportidan Markaziy Osiyoning uç mamlakatiga doimiy parvozlarni yölga qöyadi. Bu haqda TASS agentligi xabar qilmoqda.

«Biz parvoz hududini kengaytirmoqdamiz. Yangi yönalişlarni özlaştirayapmiz. Dekabr oyidayoq samolyotlarimiz Jukovskiy aeroportidan havoga kötariladi. Biz ançagina konservativ kompaniya bölganimiz sababli, bosqiçma-bosqiç rivojlanmoqdamiz. Jukovskiydan yaqin xorij mamlakatlari – Özbekiston, Tojikiston va Qozoğistonga havo qatnovlarini amalga oşiramiz. Keyinçalik, Isroil va yakuniy bosqiçda Yevropa», – degan aviakompaniya boş direktori Vasiliy Kryuk. Uning sözlariga köra, hozirda, sönggi kelişuvlar jarayoni yakunlanmoqda. 

Avgust oyida aviakompaniya Jukovskiy aeroportidan xalqaro parvozlar, xususan Vena, Budapeşt, Myunxen, Plovdiv, Praga va Tbilisi, Qozoğiston, Qirğiziston (Öş va Bişkek), Tojikiston (Duşanbe va Xöjand)ga aviareyslarni amalga oşiriş uçun Rosaviatsiya boşqarmasining ruxsatini olgan edi. 

«Yamal» aviakompaniyasi Rossiya hududida 60 dan ortiq yönaliş böyiça yölovçilarni taşiş bilan şuğullanadi. Bundan taşqari, yaqin va uzoq xorijga parvozlarni amalga oşiradi. Kompaniya parkida «Airbus A-320» va «Airbus A-321», «SRJ-200», «Boeing-737», «L-410», «CL-600» va «Sukhoi SuperJet-100» samolyotlari bor.