25-26 noyabr kunlari Mexikoda (Meksika) sport gimnastikasi böyiça Abierto Mexicano de Gimnasia xalqaro turniri bölib ötdi. Musobaqalarda dunyoning 10 mamlakati sportçilari iştirok etişdi - Braziliya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Kolumbiya, Meksika, Ruminiya, Özbekiston, Ukraina va Yaponiya. Bu haqida Milliy olimpiya qömitasining matbuot xizmati xabar berdi.
Özbekiston şarafini himoya qilgan Oksana Çusovitina tayanç sakraş musobaqalarida eng yaxşi natijani körsatib, 14,25 ballni qölga kiritdi. Ikkinçi örinni esa 13,975 ball bilan ukrainalik gimnastikaçi Angelina Kisla egalladi. Uçinçi örin 13,92 ball bilan meksikalik Miriana Almeidaga nasib etdi.
4 xil maşqni öz içiga olgan köpkuraş musobaqasida Çusovitina 52,225 ball bilan turnirning bronza medalini qölga kiritdi. Kumuş medal - braziliyalik gimnastikaçi Karolin Pedro (53,975), oltin esa ukrainalik Angelina Kislaga (54,400) taqdim etildi.
Oksana Çusovitina — gimnastika tarixida - yozgi Olimpiada öyinlarida 7 marta iştirok etgan yagona gimnastikaçi hisoblanadi. U uç karra jahon çempioni, dunyo birinçiligining tört kumuş va tört bronza medallari sohibidir.












