Boku şahrida ötayotgan sport gimnastikasi böyiça Jahon kubogining dastlabki saralaş bahslarida Özbekiston terma jamoasi a’zosi Oksana Çusovitina tayanib sakraş dasturida final yöllanmasini qölga kiritdi.
Çusovitina kvalifikatsiyada 13.049 ball bilan uçinçi poğonani egalladi.
Mazkur yönalişdagi final 7 mart sanasiga belgilangan.
Ma’lumot uçun, Oksana Çusovitina sakkiz karra Olimpiada iştirokçisi sanaladi. U 1992 yilda Barselonada Birlaşgan jamoa tarkibida jamoaviy musobaqada oltin medalni qölga kiritgan, 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida Germaniya terma jamoasi tarkibida kumuş medalga ega çiqqan.
50 yoşli afsonaviy sportçi ötgan yili Ozarbayjonda ötgan sport gimnastikasi böyiça Jahon kubogida oltin medalga sazovor bölgandi.











