Paragvay terma jamoasining sobiq darvozaboni Xose Luis Çilavert Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMeBOL) tomon keskin tanqidlar bildirdi. Çilavertning hisoblaşiça,  «Şapekoense» klubi futbolçilari ölimida aynan şu taşkilot aybdor.

«KONMeBOL – korrupsiya avj olgan taşkilot. Ular futbolni yöq qiliş va buning ortidan boyişda davom etişmoqda. Bu taşkilot prezidenti eskirgan samolyotni parvozlardan oliş çoralarini körişi kerak edi. Bu layner aynan KONMeBOL vakili tomonidan taklif etilgan. Ular juda köp yoş va umidli odamlarning ölimiga sababçi bölişdi», — deya Çilavertning sözlarini keltirgan Radio 10.

«Şapekoense» jamoasi 1 dekabr kuni Janubiy Amerika kubogi finalida Kolumbiyaning «Atletiko Nasonal» jamoasiga qarşi öynaşi kerak edi. Ammo 29 noyabr kuni Kolumbiyaning Medelin şahri yaqinida bu jamoaning 25 futbolçisi, jamoa xodimlari, jurnalistlar hamda ekipajning 9 a'zosi, jami 77 kişi bölgan samolyot qulab tuşdi. Halokatdan 6 kişi omon qolgan.