Ommaviy axborot vositalarida fuqarolar pm.gov.uz orqali Özbekiston Respublikasining Boş vaziriga bevosita murojaat qilişlari mumkinligi töğrisidagi e'lon yurtdoşlarimiz uçun kutilmagan siyosiy-ijtimoiy voqea böldi. Biroq, kimda muammo yöq deysiz? Bu e'lon köpçilik uçun xuşxabar edi.
Birinçi kun mamlakatning turli hududlaridan 1000 ga yaqin murojaat yöllandi. Virtual qabulxona juda qisqa fursat içida ommalaşib ketdi. 2 hafta ötib, mazkur resursga kelib tuşgan murojaatlar soni 30 mingtaga yetadi, ya'ni an'anaviy ravişda barça davlat organlariga yuborilayotgan jami murojaatlar sonidan ham köp. Ötgan 2 oydan oşiqroq vaqt mobaynida murojaatlar soni 220 mingga yetdi.
Asta-sekin faol ijtimoiy jarayonga kirişgan fuqarolar ortlarida ularni himoya qiluvçi kuç – hukumatning borligini yanada çuqur his qilib, mavjud muammo-kamçiliklarni dadil kötarib çiqa boşladilar.
Kimdir moliyaviy tuşunmovçiliklarga yeçim topdi, yana kimdir gaz va elektrning sifatli ta'minotiga ega böldi, kimdir yurib bölmas köçasiga asfalt yotqizişga erişdi, qaysidir yurtdoşimizning avtosalondan plastik kartoçkaga maşina olgani bir zumda OAV va jamoatçilik e'tiborini qozondi. Davlat idorasida bitmagan köplab şikoyatlarning hal etilişi, mamlakat miqyosida ming-minglab fuqarolar haq-huquqlarining ta'minlanayotgani ulkan ijtimoiy özgarişlarni boşlab berdi. Birinçi navbatda, xalqning davlatga bölgan işonçi ortdi. Virtual qabulxona muayyan masalaning öz vaqtida yeçimining topişi birinçi galda joylardagi mansabdor şaxslarning mas'uliyatiga, xohişiga boğliq ekanligini isbotlab berdi.
Har bir fuqaroga murojaat qiliş imkoni yaratilgan
Murojaat yöllaş usullarida aholining har bir qatlamining imkoniyatlari hisobga olingan. Fuqarolar 3 usulda: internetning pm.gov.uz manzilidagi maxsus şaklni töldiriş, 210-00-00 yoki “1000” qönğiroqlarga bepul xizmat körsatiş xizmatiga qönğiroq qiliş, Özbekiston Liberal Demokratik Partiyasining hududiy kengaşlariga taşrif buyuriş orqali murojaat yöllaşi mumkin. pm.gov.uz orqali murojaat yuborganda fuqarodan ism-şarifi hamda telefon raqamidan bölak şaxsiy ma'lumotlari talab etilmaydi.
Qolaversa, aholi tomonidan internetda e'lon qilinayotgan videomurojaatlar ham hukumat nazaridan çetda qolayotgani yöq. Misol uçun, ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyatining Qibray tumanida yaşovçi tadbirkorning Özbekiston Respublikasi Boş vaziriga şikoyat tarzida e'lon qilgan videomurojaatida kötarilgan masala öz vaqtida örganilib, tadbirkorga amaliy yeçim körsatilgan.

Virtual qabulxona faoliyatining boşlaganidan söng 2 oy ötib, ya'ni 25 sentabrdan 30 noyabrga qadar portalga 220 mingdan ziyod murojaat kelib tuşgan. Ayni paytda ularning 70,4 mingtasi qayta işlaş jarayonida, 134,0 ming murojaat esa körib çiqilgan.

Aytiş kerakki, fuqarolar uçun davlat organlariga veb-sayt orqali murojaat yöllaş qulay usul hisoblanadi. Bu esa davlat idoralari oldiga istiqbolda fuqarolar bilan interaktiv, tezkor va qulay usulda hamkorlik qilişga xizmat qiladigan yagona axborot platformasini yaratiş, faoliyatlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini kengroq tatbiq etiş zaruratini qöymoqda. Buni Boş vazir virtual qabulxonasi orqali murojaat qiliş usuli taqsimotiga oid statistika ham isbotlaydi. Jumladan, Virtual qabulxonaga kelib tuşgan 122,0 murojaat pm.gov.uz manzili orqali fuqarolar tomonidan şaxsan, 88,7 mingtasi qönğiroqlarga xizmat körsatiş markazi hamda 9,7 mingtasi ÖzLiDePning hududiy kengaşlari orqali yuborilgan.
Bu kabi öziga xos, aholining har bir qatlami uçun foydalaniş qulay elektron portalning işga tuşgani, fuqaroning töğridan-töğri, şu bilan birga, oson va öta sodda usullarda Boş vazirga murojaat qilişi jahon hukumatlari tajribasida misli körilmagan ham ijtimoiy, ham siyosiy yangilik böldi. Misol uçun, köpçilik rivojlangan davlatlarda aholi şikoyatlari davlat organlariga alohida portallar orqali qabul qilinadi.
Hududlar kesimida eng köp murojaatlar Toşkent şahri (27,0 mingta), Toşkent (10,0 mingta ), Farğona (5,8 mingta), Qaşqadaryo (5,3 mingta) va Andijon viloyatlari (4,2 mingta) fuqarolaridan kelib tuşgan.
Qayd etiş joizki, fuqarolar murojaatlari bilan işlaşda sovuqqonlikka yöl qöyilgani, masalaga öz vaqtida yeçim topilmaganligi munosabati bilan qator davlat organlari rahbarlariga nisbatan hayfsan e'lon qilindi.

Fuqaro nima xohlaydi?
Kelib tuşayotgan murojaatlarning 2 oylik statistikasi orqali murojaat eng köp yöllanayotgan 10 ta muassasa quyidagilar: Toşkent şahar hokimligi, Içki işlar vazirligi, Toşkent viloyati hokimligi, Mehnat vazirligi, Markaziy bank hamda tijorat banklari, Adliya vazirligi, Özbekneftegaz, Moliya vazirligi hamda viloyat hokimliklari.
Soha hamda masalalar kesimida köriş mumkinki, fuqarolar eng köp uy-joy (12%), bandlik (4,3%), ta'lim (2,6%), sud-huquq (2,1%), gaz ta'minoti (2,0%) hamda oilaga moddiy yordam körsatiş (1,9%) masalalarida murojaat qilganlar.
Virtual qabulxonaning afzalliklari nimada?
Muayyan masala-muammoning hal qilinişida umumdavlat miqyosidagi yondaşuv, fuqaro yoki tadbirkorlik sub'yektlarining murojaatlari qay usulda yöllangan bölişidan qat'inazar, tegişli davlat organiga kelib tuşişi, islohotlar fuqarolar talab-istaklarini inobatga olgan holda "quyidan-yuqoriga" tamoyili asosida amalga oşirilişi hukumatga qaysi sohalarda muammolarning köp uçrayotganini va sabablarini örganiş, ularning oldini olişga qaratilgan maqsadli islohotlarni amalga oşiriş imkonini beradi.
Virtual qabulxona hukumat rahbariyatiga jamiyatning quyi böğimlarida yuzaga kelayotgan böşliqlar, jumladan mansabdor şaxslar tomonidan yöl qöyilayotgan kamçiliklarni örganiş, ularning oldini olişga yordam beradi.
Jumladan, pm.gov.uz’ga kelib tuşayotgan murojaatlar va ularga nisbatan davlat idoralarining munosabatlaridan şu narsa ma'lum böldiki, fuqaro murojaati bilan işlaşda davlat organlari tomonidan qator kamçiliklar mavjud. Jumladan, murojaatlarning aksariyati davlat idorasining aybi bilan hal etilmagan. Uşbu kamçiliklarning oldini oliş maqsadida, Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 27 oktabr kuni “Vazirlik va idoralar, xöjalik birlaşmalari rahbarlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar, şahar va tumanlari hokimlarining «Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni talablarini sözsiz bajariş yuzasidan javobgarligi töğrisida”gi 366-son qarori e'lon qilindi.
Jumladan, uşbu qarorda şunday deyiladi: "Qisqa muddatda elektron qabulxonaga köp sonli murojaatlarning kelib tuşişi joylardagi, ayniqsa şahar va tuman miqyosidagi mutasaddi rahbarlar xalqning taklif va muammolari bilan qiziqmasligini, aksariyat hollarda jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlariga e'tiborsiz ekanligini körsatdi".
Har kimga teng munosabat
Virtual qabulxona va umuman AKT orqali munosabatlarga asoslangan "elektron hukumat"ning taşkil qilinişi jamiyatimizda gender tengligining, imkoniyati çeklangan insonlar haq-huquqlarining ta'minlanişi yanada qaror topişiga xizmat qilmoqda. Imkoniyati çeklangan yurtdoşlarimiz salomatliklari bilan boğliq masalada qönğiroqlarga xizmat körsatiş markazi orqali oğzaki murojaat qilişlari mumkin.
Murojaatlarni gender taqsimoti böyiça tahlil qiladigan bölsak, murojaat yöllaşda ayollar erkaklarga nisbatan 6 foizga faolroq. Virtual qabulxonaga ayollar tomonidan yuborilayotgan murojaatlar miqdori 55 foizni taşkil etmoqda. Yana bir qiziq jihati, Toşkent şahri aholisidan kelib tuşgan 68 ming murojaatning 40 mingtasidan ziyodi ayollar tomonidan, 27 mingtasi erkaklar tomonidan yöllangan. Aytiş mumkinki, AKTdan kundalik foydalaniş ayollarga jamiyatda faol ijtimoiy örin egallaşlariga xizmat qilmoqda.
Körinib turibdiki, "elektron hukumat" fuqaroning daromadi, ta'lim darajasi, jinsi yoki ijtimoiy ahvolidan qat'inazar davlat organi xizmatlaridan erkin va teng huquqli fuqaro sifatida foydalanişiga zamin yaratadi.
Oçiq-oşkoralik – korrupsiyaga qarşi kuraşning boş vositasi
Aholi bunga qadar ham my.gov.uz orqali, qolaversa davlat organining sayti orqali muayyan şikoyat yuzasidan idora rahbariga murojaat qiliş imkoniga ega edi. Biroq, davlat organi munosabatidan qoniqmagan, quyida öz savoliga javob topa olmagan, ba'zi mansabdorlarning sansalorligidan hafsalasi pir bölgan xalq muammo bilan hukumat vakili bölgan aniq şaxsga murojaat qilişni afzal körmoqda.
Fuqarolarning töğridan-töğri hukumatga murojaat qila oliş imkoniyati öz navbatida mahalliy davlat organlari mansabdor şaxslarining masalani ortiqça qoğozbozliksiz, diqqat bilan yondaşgan holda, jamoatçilik muammolarining quyida hal etilişini ta'minlamoqda. Byurokratik tösiqlarning kamayişi korrupsiyaning oldini olmoqda. Buni çinakam ma'noda davlat va fuqaro örtasidagi işonçli munosabatlarning yangi davri deyiş mumkin.
Jamiyat taraqqiyoti fuqaro va davlat örtasidagi munosabatlarning oçiq-oşkoraligiga boğliq. Portal orqali har bir arizaçi murojaatining holatini kuzatiş, ijroçini aniqlaş imkoniyatiga ega. Qolaversa, dolzarb masalalar OAVda yoritilib, ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilib borilmoqda.
Şuningdek, portalda Özbekiston Respublikasi Boş vaziri tomonidan u yoki bu murojaatning qançalik samarali qayta işlanganiga oid statistikani muntazam kuzatiş imkoni yaratilgan. Bu esa boşqaruvning barça jabhasida bosqiçma-bosqiç oşkoralikka hamda şaffoflikka erişiş, faoliyatni takomillaştiriş imkonini tuğdiradi.
Hukumat va fuqaro örtasidagi özaro hamkorlikning mustahkamlanişi, axborot-ma'lumot almaşiş imkoniyatlarining kengayişi, öz navbatida, jamiyatda inson haq-huquqlari, tenglik tamoyillarining örnatilişi, korrupsiyaning oldi olinişi va byurokratik tösiqlarning bartaraf etilişiga zamin yaratadi.
Keyingi rejalar qanday?
Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Virtual qabulxonasining keyingi taqdiri köpçilik fuqarolarni qiziqtiradi. Istiqbolda davlat organlari va ularning tizimiga kiruvçi muassasalarning hududiy bölinmalarini, huquq-tartibot idoralari, jumladan tuman prokuraturalarini Boş vazir Virtual qabulxonasiga ulaş orqali muammolarni quyi tizimning özida samarali hal etilişiga erişiş uşbu elektron resursni rivojlantirişda, fuqarolar hayotidagi ahamiyatini oşirişdagi navbatdagi rejalar hisoblanadi.
Mamlakat istiqboli har bir fuqaroning qölida
AKT xalqaro axborot makoniga boğlanişning vositasi, milliy taraqqiyotning omili ekanligini anglagan holda, Özbekistonda “elektron hukumat”ni rivojlantiriş közda tutilgan 40 ga yaqin qarorlar asosida axborot tizimlari, yangi elektron resurslar yaratilmoqda. Ularning faoliyati fuqarolar haq-huquqlarini himoya qilişga qaratilgan ijtimoiy hodisa bölib, jamiyatda işonçli demokratiyani çuqurlaştiriş va davlat oçiqligini ta'minlaşga xizmat qilmoqda.
Hukumatning davlatni xalqning fikr-munosabatidan kelib çiqib boşqarişi, ya'ni aholi kayfiyatining islohotlarga töğridan-töğri ta'sir etişi mamlakat rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Axborotlaşgan jamiyatning muhim öziga xosligi hisoblangan "elektron iştirok" konsepsiyasi ham har bir fuqaroga davlat boşqaruvida iştirok etiş, jumladan muhim qarorlar qabul qilişda iştirok etiş imkoniyatini yaratmoqda. Bu öz navbatida, jamoatçilikning hukumatga bölgan işonçini mustahkamlab, istiqbolga bölgan umidini oşiradi.
Hukumatning Virtual qabulxona faoliyatini qöllab-quvvatlaşga bölgan xayrixohligi bevosita aholiga farovon, tinç-osuda turmuş tarzini yaratiş kabi ezgu istaklarni özida jam qilgan. AKT va jamiyatni rivojlantiriş yönalişida ulkan özgarişlarni amalga oşirayotgan Özbekiston misolida raqamli platformaga köçayotgan demokratik an'analarning yangiça tamoyil va tendensiyalarini, hukumat va aholi örtasidagi munosabatlarning yangiça mustahkam fenomenini köriş mumkin.
Nargiza Aliqulova,
Osiyo Taraqqiyot Bankining
“Samarali davlat boşqaruvida elektron hukumat”
loyihasi konsultanti











