Rossiya davlat dumasi delegatsiyasi kuzatuvçilariga rahbarlik qilgan xalqaro masalalar böyiça qömita rahbari Leonid Slutskiyning hisoblaşiça, Özbekistondagi prezidentlik saylovida Şavkat Mirziyoyevning ğalabasi Rossiya va Özbekiston munosabatlari hamkorlik va qalin qöşniçilik ruhida saqlanib qolişini ta'minlaydi. Bu haqda«Interfaks» xabar tarqatgan.

«Mirziyoyev uzoq yillar davomida Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov jamoasida işlagan. Işonç bilan aytişim mumkinki, u prezident bölib saylangaç, içki va taşqi siyosatda Karimov tomonidan yölga qöyilgan siyosatni davom ettiradi», — degan Slutskiy.

Slutskiy Özbekistonda saylovoldi kampaniyasi davomida «saylov natijalariga ta'sir körsatişi mumkin bölgan jiddiy qoida buziliş holatlari kuzatilmagani» haqida qöşimça qilgan.