Özbekiston yangi saylangan prezidenti Şavkat Mirziyoyev, saylov natijalari e'lon qilinganidan keyin Özekspomarkaz pavilonlarining birida töplangan ÖzLiDeP faollari oldida sözga çiqdi.

U öz nutqida Özbekiston xalqiga saylovdagi faol iştirok uçun minnatdorçilik bildirgan.

"Assalomu alaykum aziz vatandoşlar, qadrli saylovçilar, hurmatli döstlar!

Albatta, mana şunday sizlarning olqişlaringiz, kötarinki ruhlaringiz har qanday odamga kuç, qudrat, ğurur beradi. Bu natija – sizning natijangiz.

Vatanga sadoqat va muhabbati, kelajak avlodlar oldidagi mas'uliyati naqadar balandligini körsatgan oq köngilli xalqimga özimning çeksiz minnatdorçiligimni izhor qilmoqçiman.

Bugungi natija, mening zimmamga yuklatilgan javobgarlikni yuz baravar, ming karra orttirişini — men töğri tuşunaman. Menga bildirilgan juda katta işonç uçun — ona xalqimga ta'zim qilaman.

Mana şu mard va fidoyi, oliyjanob xalqim uçun töplangan bilim va tajribam, butun vujudim va borliğimni bağişlab, keçayu-kunduz işlaşga tayyorman", — dedi Özbekiston yangi saylangan prezidenti Şavkat Mirziyoyev.