Anqara Suriyaning Halabida biror bir davlat yoki tuzum bilan raqobat qilmayapti, deb aytdi Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğlu Livanning LBCI telekanali efirida.

"Turkiyaning Halabdagi havotirlari bu şahardagi gumanitar vaziyat bilan çaqirilgan", deb aytdi Çovuşöğlu.  

Vazir Anqara terrorçilik taşkilotlarini farqlamasligini ta'kidlab ötdi.  

"Turkiya "Jibhat an-Nusra" va IŞIDni terrorçilik taşkilotlari sifatida tan olganda köpçilik davlatlarda ularning hattoki mavjudligini bilişmasdi", deb aytdi Çovuşöğlu.  

Vazir "Efrot qalqoni" operatsiyasiga töxtalib, uning maqsadi Myunbiç mintaqasidan Efrot daryosi sohiligaça bölgan hududni IŞIDdan tozalab, uni mahalliy kuçlar boşqaruviga berişdan iborat ekanligini aytdi.

Çovuşöğlu şuningdek Raqqani ozod qiliş operatsiyasiga "Xalq mudofaasi otryadlari" (YPG) terrorçilik taşkilotini jalb qilib bölmasligini aytdi.

"YPG kabi terrorçilik taşkilotlariga işonib, ularni qöllab-quvvatlaş – katta xatodir. Bu Suriyaning kelajagiga katta xatar yaratadi", deb aytdi Çovuşöğlu.   

Vazir Anqaraning Turkiya, Iroq va Suriyaning kurd aholisi bilan heç qanday muammolari yöqligini aytdi. 

"Bizda Turkiya, Iroq va Suriyadagi kurd oğa-inilarimiz bilan heç qanday muammo yöq. Bizning muammo – terrorçilik taşkilotlari", deb aytdi Çovuşöğlu.