Turkiya boş vaziri Binali Yildirimning «Interfaks» agentligiga bergan intervyusida ma'lum qilişiça, Anqara Moskva bilan harbiy-texnik sohada hamkorlik qiliş böyiça kelişuvga erişgan. 

Hukumat raisi, şuningdek, Turkiya va Rossiya örtasiga sovuqçilik tuşişi sababli ikki mamlakatlar örtasidagi harbiy sohadagi hamkorlik sekinlaşganini qayd etgan. 

«Biz aniq loyihalar haqida söz yuritmadik, ammo bu masalalarni ham muhokama qildik. Tomonlar özaro aloqalarimizni rivojlantiriş muhim ekanligini tan oladi. Biz öşa qayğuli voqeadan söng, boy bergan imkoniyatlarni qaytariş uçun özaro hamkorlikni tikladik», — degan Yildirim. 

Uning ta'kidlaşiça, mamlakatlar uşbu yönalişdan boşqa sohalarda ham hamkorlikni rivojlantiriş niyatida. 

«Bizda katta energiya loyihalari bor. Ularni tezlaştiriş lozim. bularni safiga fazoviy va mudofaa sohasidagi masalalar ham qöşildi. Tabiiyki, bu sohalarda yangi loyihalar böladi» , — deb xulosa qiladi boş vazir. 

Avvalroq, Binali Yildirim Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev bilan ötkazgan muzokaralaridan söng, ikki mamlakat örtasidagi tovar aylanmasi hozirgi 36 mlrd dollardan yiliga 100 mlrd dollarga çiqişi mumkinligi haqida bayonot bergan edi. 
Ikki davlat hukumat rahbarlari 6 dekabrda muloqot ötkazgan edi.