Gretsiya sudi Turkiyadan 15 iyuldagi davlat töntaruviga urinişdan keyin Gretsiyaga qoçgan va u yerda boşpana söragan 3 nafar turk harbiysini Turkiyaga topşirişga qaror qildi. Bu haqda Hürriyet naşri xabar bermoqda. 

Sud harbiylar ularga nisbatan turk hukumati qöyayotgan ayblovlar böyiça sud oldida javob berişlari uçun Turkiyaga topşirilişlari lozimligiga qaror qildi. Harbiylar advokatining aytişiça, ular bu qaror yuzasidan yuqori instansiyadagi sudga şikoyat qilişgan.

Harbiylarning ekstraditsiya qilinişi haqidagi qaror Gretsiya sudi harbiylarni Anqaraga bermaslikqa qaror qilganining ertasiga qabul qilindi.

16 iyulda 8 nafar turk harbiysi davlat töntaruviga uriniş barbod bölgandan keyin Gretsiyaga vertolyotda uçib kelgan. Ular SOS signalini berib, zudlik bilan qönişni söraşgan. Harbiylar töntaruvga aloqalari borligini inkor qilişmoqda. Ular Gretsiya hududiga noqonuniy kirişgani uçun 2 oylik qamoq jazosiga mahkum qilinişgan, biroq sud hukmni şartli jazoga özgartirgan.

Iyulda Gretsiya immigratsiya boşqarmasi 7 turk harbiysining boşpana taqdim qiliş haqidagi murojaatini rad etgan, 8-harbiyning murojaati esa hali körib çiqilmoqda. Avgustda Turkiya Gretsiya hukumatidan harbiylarni ekstraditsiya qilişni söragan.