AQŞlik bloger butun dunyo böylab yadro bombalari qayerlarda joylaşgani aks etgan xaritani körsatdi. Bu xarita aks etgan rolik YouTube’dagi RealLifeLore kanalida joylaştirildi.

Bir neça kun içida 300 mingdan köproq namoyiş yiqqan rolikda AQŞ butun Yevropa böylab yadro bombalari joylaştirgani aytilgan. Rolik muallifining ta'kidlaşiça, bu bombalar Rotterdam, Milan, Kyoln, Bryussel va Venetsiyada joylaştirilgan. Rolik muallifi şuningdek Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Pokiston, Hindiston va Şimoliy Koreyada joylaştirilgan yadroviy qurollar haqida gapirib ötgan.  

Muallifning ta'kidlaşiça, köplab yadroviy qurol majmualari aholi punktlari yaqinida joylaştirilgan. Blogerning aytişiça, Rossiyaning Saratov şahri yaqinida butun dunyodagi yadroviy qurolning 6 foizdan köproği yiğilgan.