Xitoy özining "noqonuniy dengiz da'volari"ni davom ettiradigan bölsa, AQŞ Janubiy-Xitoy dengizida Pekinga qarşi turadi, deb yozmoqda Reyter agentligi, AQŞning Tinç okeanidagi floti qömondoni admiral Harri Harrisga asoslangan holda. 

Admiralning sözlariga köra, AQŞ har qanday mamlakatning Janubiy-Xitoy dengizida harbiy baza qurganiga qaramay,  bir tomonlama tartibda boşqa davlatlarning harakatini çeklaşiga yöl qöymaydi. "Biz imkoni bölsa hamkorlik qilamiz, ammo zarurat paydo bölsa, qarşi turişga tayyormiz", - degan Harris. 

Bunday bayonotlar, AQŞ va Xitoy örtasidagi munosabatlar keskinlaşuviga olib kelişi mumkin. Yangi prezident Donald Trampning Tayvan ma'muriyati rahbari bilan telefon orqali muloqot qilişi Xitoyning noroziligiga sabab bölgan edi, deb xotirlaydi agentlik. 

Xitoyning Yaponiya, Vetnam va Filippin mamlakatlari bilan Janubiy-Xitoy va Şarqiy-Xitoy dengizlaridagi çegaralari borasida turli qaraşlar mavjud. 

AQŞ XXRni Janubiy-Xitoy dengizini harbiylaştirişda ayblab keladi. Rasmiy Pekin bu ayblovlarni asossiz deb baholaydi. Vaşington öz navbatida tortişuvli hududlarni Xitoyga tegişli deb hisoblamaydi hamda "xalqaro huquq ruxsat bergan barça hududda parvoz qiliş, suziş va harakat qiliş huquqiga ega"ligini ta'kidlaydi. Ikki tomon ham davriy ravişda mintaqada harbiy salohiyatini namoyiş etişga urinadi. 

Pekin fikriça, Filippin va Vetnam kabi davlatlar AQŞning qöllab-quvvatlaşidan mintaqadagi keskinlikni kuçaytirişda foydalanmoqda. Xitoy hukumati Vaşingtonni bir neça marotaba hududiy tortişuvlarga aralaşmaslikka çaqirgan edi.