«Mançester Yunayted» jamoasining sobiq himoyaçisi Rio Ferdinand muhtoj bolalarga Rojdestvo sovğalari olib berilişi uçun 500 000 funt mablağ ajratdi.

The Daily Mail xabariga köra, Mançesterdagi Key 103 radiostansiyasi «Pullar bolalar uçun» nomi ostida xayriya tadbiri taşkillaştirgan va 38 yoşli Ferdinand özining Rosso nomidagi restorani daromadidan 500 ming funt miqdordagi mablağni ajratib, saxiylik qilgan.

«Men bir ota sifatida qaysidir bola Rojdestvo tongida sovğasiz bölişiga yöl qöya olmasdim. Key 103 ajoyib loyiha boşlabdi! Restoranim va men bu tadbirda qatnaşayotganimdan xursandman, endi şahrimizdagi köplab bolalar Rojdestvo kuni xursand bölişadi», — degan Ferdinand.

Şuningdek, Ferdinand şahardagi uysizlar jamiyatiga 11 500ta yotoq-qoplari olib bergan.

Ma'lumot uçun, Rio ötgan yilning mayida rafiqasi Rebekka saratondan vafot etganidan keyin, 3 farzandini yolğiz tarbiyalamoqda.