Buyuk Britaniya hukumati yaqinda mamlakatga koronavirusning navbatdagi tölqini kirib kelişi munosabati bilan yangi çeklovlar haqida e'lon qilişiga töğri kelişi mumkin. 11 dekabr holatiga 633 kişi omikron ştammini yuqtirgan.

10 dekabrda esa koronavirusga çaliniş bilan boğliq jami holatlar soni 58 mingdan köproqni taşkil etgan.

Kasallikni yuqtiriş holatlari muayyan çegaradan oşsa, hukumat 18 dekabr kuni yangi çeklovlarni e'lon qilişni rejalaştirmoqda, - deya xabar bermoqda The Guardian. Uşbu çeklovlar orasida – kontaktda bölgan şaxslar uçun uzoqroq davom etuvçi karantin, binolar, jumladan, bar va restoranlarda niqob taqiş majburiy bölişi va ijtimoiy kontaktlarni çeklaş kabilar bor.

Yangi tölqin kirib kelişi va koronavirusga qarşi çoralarning kuçaytirilişi boş vazir Boris Jonson markazda bölgan siyosiy mojaro bilan bir vaqtga töğri keldi. OAV bir yil avval mamlakatda qat'iy çeklovlar amalda bölganida hukumat a'zolari Jonsonning Dauning-stritdagi qarorgohida ziyofat uyuştirganini aniqladi. Endi esa 8 dekabr kuni Jonson yangi çeklovlar haqida e'lon qilganida matbuot uning axloqiy obröyiga putur yetgani haqida yozdi. Mojaro quyidagiça rivoj topdi:

  • 30 noyabr kuni Daily Mirror ötgan yil 18 dekabr kuni boş vazirning Dauning-stritdagi qarorgohida Rojdestvo bayramiga atalgan 40-50 kişilik ziyofat bölib ötgani haqida yozdi. Öşa vaqtda Londonda ikki kundan beri yopiq binolardagi yiğilişlarni butunlay taqiqlovçi qat'iy lokdaun amal qilayotgandi. Ziyofatning ertasi kuni esa Jonson matbuot anjumanida ta'til vaqtida lokdaun kuçaytirilişi munosabati bilan Rojdestvo bayramlari deyarli bekor qilinayotganini e'lon qildi. Daily Mirror e'lon qilgan maqolaga javob tariqasida boş vazir apparati matbuot xizmati ziyofat vaqtida heç qanday qoida buzilmaganini ma'lum qildi.
  • Keyingi bir neça hafta davomida kabinet a'zolari, jumladan, Boris Jonsonning özi ham öşa vaqtda amalda bölgan qoidani buzgan ziyofat bölganini rad etişda davom etdi. OAVdagi maqolalarni esa «ötgan yil voqealarini spekulyatsiya qiliş» deb atadi. Skotlend-Yardda 2020 yil dekabrida «hukumat binosida çeklov çoralari buzilişi haqida köplab şikoyatlar kelib tuşgani, biroq ötib ketgan sana bilan uni örganmoqçi emasliklari»ni ma'lum qilişdi.
  • 7 dekabr kuni ITV telekanali boş vazir qarorgohida brifing repetitsiyasi videoyozuvini e'lon qildi. Unda Boris Jonson maslahatçilari, jumladan, uning matbuot kotibi Allegra Stretton ham jurnalistlarning ötgan yilgi ziyofat töğrisidagi noqulay savollariga qanday javob beriş haqida hazillaşişgan. Videoda Stretton kulgan holatda, hayron bölgança şunday deydi: «Töğri, qanday javob beramiz?» Keyin esa bu ziyofat emas, vino va pişloqli, ijtimoiy masofa saqlanmagan holda ötkazilgan işga oid uçraşuv bölganini aytadi.
  • Ertasi kuni, 8 dekabrda vazirlar jurnalistlar bilan intervyuni bekor qildi. Studiyadagi boşlovçilar mehmonlar uçun örindiqlar böşligi holida voqealarni şarhlaşdi. Keçga yaqin Allegra Stretton közida yoş bilan avvalroq e'lon qilingan videodagi noörin hazili uçun iste'foga çiqdi. Parlament sessiyasida Boris Jonson ham uzr söraşiga töğri keldi, faqat ziyofat uçun emas, OAVda tarqalgan video uçun keçirim söradi.
  • 9 dekabr kuni parlament tekşiruvida nafaqat 2020 yil 18 dekabr kuni Dauning-stritdagi ziyofat, balki koronavirus qoidalarini buzgan holda ötkazilgan boşqa ikkita – noyabr oyida öşa binoda va 2020 yil dekabr oyida soğliqni saqlaş vazirligida ötkazilgan bayramlar ham tekşirilişi ma'lum böldi.
  • 2020 yil 18 dekabr kuni ötkazilgan ziyofatda boş vazir matbuot xizmati rahbari örinbosari Jyek Doyl nafaqat iştirok etgan, balki tabrik bilan sözga çiqqani va mukofotlar tarqatgani haqida 10 dekabrda OAV tomonidan xabar berildi. The Times esa ziyofat tasodifan bölgani haqida yozgandi. Aslida esa unga bir neça hafta oldin tayyorgarlik körilgan. Jonsonning özi mazkur tadbirda iştirok etmagan, biroq uning ötgan yili mojaro bilan işdan ketgan sobiq maslahatçisi Dominik Kammings boş vazir Rojdestvoni rezidensiyadagi şaxsiy xonadonida nişonlaganiga işontirmoqda.

YouGov ijtimoiy xizmat ma'lumotlariga köra, mojaro fonida Boris Jonson reytingi karerasi boşidan beri eng past körsatkiçga tuşib ketdi (29 foiz), antireyting esa rekord darajadagi 59 punktni taşkil etgan. OAVda Boris Jonsonning qöl ostidagilari barça uçun amalda bölgan taqiqlarni çetlab ötgan holda ziyofatda iştirok etgan bir vaqtda, kasalxonalarda koronavirusdan joni uzilayotgan qarindoşlarini köriş uçun borolmagan odamlarning ğazabli fikrlari paydo bölmoqda.

«Millionlab britaniyaliklar öz rejalarini bekor qilib, Rojdestvoni yakka ötkazişga majbur bölgan, bayramni nişonlaş imkoniyatiga ega bölmagan, kasalxonada joni uzilayotgan qarindoşlari bilan vidolaşa olmagan bir vaqtda boş vazirning özi Dauning-stritda içkilikbozlik uyuştirişga ruxsat berib, öz qoidalarini buzgan. Ular qoidalarni buzgan. Endi esa sizning ustingizdan kulişmoqda»

Buyuk Britaniya Liberal-demokratik partiyasi

Boris Jonsonni liberal-demokratlar hammadan köproq ayblamoqda. Ular korrupsiyada ayblanganidan keyin işdan ketgan Konservativ partiyadan bölgan deputat Ouen Pattersonning parlamentdagi joyiga da'vogarlik qilmoqda. Biroq boş vazirning partiyadagi safdoşlari ham unga oçiqçasiga qarşi çiqmoqda. OAVda Jonsonning boş vazirlik muddati boşlanganidan beri partiyadagi eng yirik içki muxolifat haqida xabar bermoqda. Jonsonni partiyaning işonçsizlik votumidan uning örniga aniq nomzodning yöqligigina qutqarmoqda, deya yozmoqda Bloomberg.