25 dekabr kuni Angliya Rojdestvoni nişonladi va yana futbol öynaşga tayyor. Bir asrdan ziyod vaqt davomida bu kunda futbol öynab kelgan inglizlarda tabiiyki, maydondagi vaziyatlardan taşqari ajoyib voqealarning guvohiga aylanişgan.

Misol uçun, Piter Krauç jamoasi bilan «Haddersfild»ga safar qiladi, demak ertaroq yölga otlanişi kerak. Ammo uning aytişiça, xotini, taniqli model Ebbi Klensi eriga bayram dasturxoni tayyorlab berişni rad etibdi.

«Men xotinimga ertaroq tuşlik qilişni taklif qildim, ammo bu gapim unga yoqmadi. Men bayram kuni ertalab soat töqqizda turib, senga kartoşka tozalab berişimni kutsang, adaşasan, dedi u. Ilk uçraşgan paytlarimizda u yuvoşroq edi. Hozir boşqaça. Xullas, ertalab sovğalar, nonuşta, tamom, men öyinga ketaman», – dedi hujumçi.

Bu hali holvasi. Qöyidagi ajoyib hikoyalar sizga bayram kayfiyati va futbol, buning ustiga qişning sovuği birgalikda «Mançester Siti»ning hujumlaridan ham çiroyliroq kombinatsiyalarni taşkil eta olişiga isbotdir.    

Tumanda darvozabon yöqolib qoldi

twitter.com/OfficialClancy

Sarlavha bozorda «oyim yöqolib qoldi» deb yiğlaydigan qizaloq haqidagi latifani esga solsa-da, bu voqea haqiqatan ham sodir bölgan.

«Çarlton» tarixidagi buyuk darvozabonlardan biri Sem Bartrem degani bölgan. U hatto öz töyini öyin kuniga belgilagan. Töy orasida «Midlsbro»ga qarşi öyinga borib, darvozani gollardan saqlab, yana kelinning oldiga qaytib kelgan ekan.

1937 yilning «Rojdestvo»sida esa yanada kulgiliroq voqea sodir bölgan. Öşa kuni «Çarlton» safarda «Çelsi»ga qarşi öynaydi. Stadionni qalin tuman qoplab olgaç, hakam öyinning 61-daqiqasida öyinni töxtatadi va jamoalar yeçiniş xonasiga yöl oladi. Faqat Bartrem buni bilmaydi. U hamon darvozada turişda davom etib, biror yerdan töp uçib kelib qolmasin deb, butun diqqatini jam qilişga urinardi. Hadeganda töpning va himoyaçilarning körinmayotgani uni biroz öylantirar, ammo boşqa tarafdan, balki jamoamiz tinmasdan hujum qilayotgandir, degan fikr uni xotirjam qilardi.  

«Menimça, şeriklarim «Çelsi»ni jarima maydoniga qamab taşlaşgandir, deb xursand böla boşladim. Sovqotib qolmaslik uçun turgan joyimda çigalyozdini töxtatmasdim. Lekin himoyaçilar öz joyiga qaytmayotganidek, demak hali gol ham urmayapmiz şekilli, bölmasa, maydon markazidan boşlaş uçun qaytişardi, deb xafa bölib ham qöyaman. Bir ikki marta jarima maydoni taşqarisiga ham çiqib kördim, hamon heç kim körinmasdi. «Çelsi»ni yaxşigina qiynayapmizov, deb öyladim içimda. Ança ötib, oldimda bir şarpa paydo böldi. Politsiyaçi ekan. «Nima qilib yuribsiz bu yerda? Öyinni töxtatişganiga ön beş daqiqa böldi, maydonda heç kim qolmadi» – dedi u. Men ham yeçiniş xonasiga kirganimda, allaqaçon duşga kirib çiqqan «Çarlton»dagi şeriklarim özlarini kulgidan töxtata olişmadi» – deb eslaydi Bartrem öz avtobiografiyasida.