Rossiyaning "Holiday" kompaniyalar guruhiga kiruvçi "Port" importçi-kompaniyasi Özbekistonning "Özagroeksport" aksionerlik jamiyati (AJ) bilan şartnoma imzoladi. Bu haqida "Özagroeksport" AJning rasmiy saytida xabar berildi. 

Meva va sabzavotlarning 1 million dollarga baholanuvçi birinçi partiyasi joriy yilning dekabr oyi oxirida yetkazib beriladi va rossiyaliklarning yangi yil dasturxonini bezaydi. 

"Holiday" kompaniyasi Sibirdagi eng yirik riteyler hisoblanadi. 

"Holiday" kompaniyalar guruhi Sibir Federal okrugining yetti mintaqasida joylaşgan. Bu yerlarda gipermarket, supermarket, superstor, uy oldidagi dökonlar, disskaunter kabi turli formatdagi 484 dökon xizmat körsatadi. 

Mazkur dökonlarga har kuni 700 mingdan ortiq xaridor taşrif buyuradi. Uraldagi eng yirik meva-sabzavot tarqatuvçi markaz ham kompaniya tarkibiga kiradi. 

2017 yilda kompaniyalar guruhi Özbekistondan 150 tonna meva va sabzavot import qilişni rejalaştirmoqda.