Rossiyadan Özbekistonga 2016 yilning 3-çoragida jönatilgan pul ötkazmalari hajmi 644 mln dollarni yoki ötgan yil şu davriga nisbatan 11,18 foiz kamroqni taşkil qilgan. Bundan Rossiya markaziy banki ma'lumotlari darak bermoqda.
Bank ma'lumotlariga köra, Özbekistondan Rossiyaga uşbu davrda 20 mln dollar ötkazilgan, vaholanki bu qiymat 2015 yil 3-çoragida 72 mln dollarni (-72,23 foiz kamayiş) taşkil qilgan.
Rossiyadan Özbekistonga ötkazilgan bitta tranzaksiyaning örtaça miqdori 2015 yil 3-çoragidagi 482 dollarga nisbatan 2016 yil 3-çoragida 476 dollargaça, Özbekistondan Rossiyaga bitta tranzaksiya miqdori esa 3-çorakda 1572 dollardan 1295 dollargaça kamaygan.
Ta'kidlaş joizki, 2016 yil 1-çoragida Rossiyadan Özbekistonga 256 mln dollar (2015 yil 1-çoragida 463 mln dollar) va Özbekistondan Rossiyaga 27 mln dollar (2015 yil 1-çoragida 151 mln dollar) ötkazilgan.
2016 yil 2-çoragida bu körsatkiçlar mos ravişda 474 mln dollar va 21 mln dollarni taşkil qilgan.
Rossiya markaziy bankining ta'kidlaşiça, uşbu ma'lumotlar Anelik, BLIZKO, Contact, InterExpress, UNIStream, Western Union, Kolibri, Zolotaya Korona, LIDeR, Poçta Rossii kabi pul ötkaziş tizimlari ma'lumotlari asosida tuzilgan.











