Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çovuşöğli özining tvitterida Suriyaning Halab şahridan 12 mingga yaqin tinç aholi evakuatsiya qilingani haqida ma'lum qildi. 

"Ötgan tundan boşlab to hozirgi vaqtga qadar taxminan 4,5 ming fuqaro şahardan olib çiqildi. Halabdan jami 12 mingga yaqin tinç aholi evakuatsiya qilindi. Ular Suriyaning nazorat ostidagi muxolifat tumanlariga joylaştirildi", - deya izoh berdi Turkiya taşqi işlar vaziri. 

Halab Suriya şimolida joylaşgan bölib, u mamlakatning kattaligi böyiça Damaşqdan keyingi ikkinçi şahri hisoblanadi. Halab şahri Turkiya çegarasidan 40 kilometr masofada joylaşgan. 

Suriyadagi uruş 2011 yilning martida norozilik namoyişlarining harbiy töqnaşuvga aylanib ketişi natijasida boşlangan - harbiylar namoyiş iştirokçilariga qarata öq uzişgan. BMT ma'lumotlariga köra, qurolli töqnaşuv çoğida 400dan ortiq kişi halok bölgan, 10 milliondan ziyod kişi öz uyini tark etişiga töğri kelgan. 4,8 million kişi esa mamlakat taşqarisidan qönim topgan.