Vetnam markaziy viloyatlarida yuz bergan suv toşqinlari 24 kişining hayotiga zomin böldi, yana 16 nafar inson jarohatlandi. Bu haqda Sinxua agentligi tabiiy ofatlar oldini oliş va uni nazorat qiliş böyiça departamentga asosan xabar bergan.
Agentlik ma'lumotlariga köra, Bindin viloyatida 16 kişi, Txyatxen-Xyueda esa beş inson halok bölgan. Bundan taşqari, tabiiy ofat tufayli Kxanxoa va Fuyyen viloyatlarida ham uç fuqaro hayotdan köz yumgan.
Kuçli dovullar 322 uyni butunlay yöq qilib, 118 tasiga zarar yetkazgan. Hukumat taxminiga köra, tabiiy ofat oqibatida 19 ming gektarga yaqin guruç, 10 ming gektar ğalla maydonlari va 4 gektar daraxtzor suv ostida qolgan. Halokat umumiy miqdorda 35,11 million dollar zarar keltirgani aytilmoqda.
Ma'lumot uçun, Vetnam doimiy tarzda tropik töfon va pörtanalardan aziyat çekadi. Noyabr boşida yuz bergan tabiiy ofat sabab 15 kişi qurbon bölib, deyarli 12 ming gektar yer maydoni suv ostiga ğarq bölgandi.












