Bir yil muqaddam, Çong Pekinga borganida, unga xitoyliklarning xorijliklar uçun eng oliy mukofoti taqdim etilgan, rais Si Çong bilan — örtoq va birodarligi, ularning mamlakatlari «toğlar va daryolar bilan boğlangan lablar va tişlar kabi yaqinligi»ni aytgandi.

Sining taşrifi vaqtida Viyetnam Xitoyning «Muştarak taqdir hamjamiyati»ga qöşilişi e’lon qilinişi kutilmoqda — bu Xitoy taşqi siyosatining köproq ramziy konsepsiyasi bölib, Amerika markazlaşgan dunyo tartibiga qarşi şakllantirilgan.

Bu Xitoyga AQŞ bilan Viyetnam uçun kuraşda yana bir qadam oldinga yuriş imkonini beradi.

Sentyabr oyida, Jo Baydenning Xanoyga taşrifi vaqtida AQŞ kutilmaganda Viyetnam bilan munosabatlarni «har tomonlama strategik şeriklik» darajasiga kötarayotganini e’lon qilgandi. Bu esa Viyetnam xorijiy şeriklarining putxa tuzilgan iyerarxiyasida AQŞni Xitoy  bilan bir darajaga qöyardi.

Sining taşrifi vaqtida Xitoy Viyetnamga temiryöllarni modernizatsiya qiliş, jumladan Xitoy janubidan Viyetnamning Xayfon portigaça bölgan liniyani qurişda yordam taklif qiladi. Bu liniya Viyetnamning noyob metallar konlari joylaşgan hududi böylab ötadi. Xitoy — boşqa narsalar qatori quyoş batareyalari va elektromobillar uçun akkumulyatorlar işlab çiqarişda foydalaniladigan bunday metallarning eng yirik xaridori sanaladi.

Xitoy va Viyetnam rahbarlari Janubiy Xitoy dengizi suvlariga egalik qiliş huquqi böyiça bahs, şuningdek ikki mamlakatning 1970-1980 yillardagi murakkab munosabatlari (bu 1979 yil çegaradagi hudud uçun keng kölamli uruş boşlanişiga olib kelgan va minglab askarlar halok bölgandi) haqida heç bölmaganda omma qarşisida gaplaşmasligi tayin.

Viyetnam tomoni «şimolning ming yillik istilosi» deb ataladigan uzoq ötmişdagi davr haqida, şuningdek xitoyliklarning Mekong daryosidagi töğonlari va ularning qurilişining Viyetnam qişloq xöjaligi uçun oqibatlarini ham eslatib ötirmaydi.

Sentyabrda Jo Bayden rahnamo Ho Şi Min byusti ostida Vetnam prezidenti Vo Van Txiongning qölini siqib suratga tuşgandi va Viyetnam bilan munosabatlarni «har tomonlama strategik şeriklik» darajasiga kötargandi. Foto: EPA

Ammo bu mavzular Viyetnamda norasmiy darajada — internetda muhokama qilinadi, bu makon Xitoydagi kabi qat’iy nazorat qilmaydi.