«Boka Xuniors» futbol klubi hujumçisi Karlos Teves Xitoy çempionatida iştirok etuvçi klublardan biriga ötişga yaqin turibdi. Şu tariqa u dunyodagi eng köp maoş oluvçi öyinçiga aylanişi mumkin, deb xabar bermoqda Tribuna.uz.

Naşr ma'lumotlariga köra, 32 yoşli argentinalikning yangi jamoadagi iş haqi haftasiga 733 ming yevroni taşkil qilişi mumkin. Teves bu körsatkiç böyiça yilning eng yaxşi öyinçisi Kriştianu Ronalduni («Real») ortda qoldiradi. U ayni damda haftasiga 435 ming yevro işlab topadi. Football Leaks ma'lumotlariga köra, hozirgi vaqtda dunyodagi eng köp pul topuvçi futbolçi deb argentinalik Esekel Lavessi sanaladi. U Xitoyning «Xebey Çayna Forçun» klubida bir haftada 578 ming yevroni «qurtdek sanab oladi».

Avvalroq, Tevesning xizmatlariga Xitoyning «Şanxay Şenxua» klubi qiziqiş bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. «Boka Xuniors» direktorlaridan biri esa öyinçi haqiqatdan ham uşbu jamoaga ötişi mumkinligini tasdiqladi.