Libertadores kubogi finalining Argentinaning “River Pleyt” va “Boka Xuniors” klublari örtasidagi javob uçraşuvi muxlislar uyuştirgan tartibsizliklar sababli 25 noyabrga köçirildi. Bu haqda KONMeBOL ma'lum qildi.
Uçraşuv “River Pleyt”ning Buenos-Ayresdagi stadionida 24 noyabrda ötişi kerak edi. U “Boka” öyinçilari avtobusiga muxlislar tomonidan hujum qilingani sababli ikki marta bir soatga keçiktirilgan.
Avtobusga “Monumental” stadioniga yöl olişi vaqtida turli buyumlar uloqtirilgan. Politsiya muxlislarni tarqatiş uçun rezina öqlar, közni açiştiruvçi gaz va suvotgiçlar qöllagan.
Futbolçilarning ta'kidlaşiça, avtobusga tutun şaşkasi tuşişi oqibatida köplab öyinçilar is gazidan zaharlanişgan. Bir neça futbolçi kesik jarohatlari olgan. Voqeadan keyin közidan jarohat olgan “Boka” sardori Pablo Peres, yarim himoyaçi Gonsalo Lamardo va hujumçi Karlos Teves şifoxonaga yetkazilganlar, biroq köp ötmay stadionga qaytganlar.
“Boka” rahbariyati öyinçilar jarohat olgani sababli öyinning keyinga kunga köçirilişini talab qilgan. “River Pleyt” murabbiyi Marselo Galyardo raqib jamoa stadionga çiqişdan boş tortsa, buni qöllab-quvvatlaşini aytgan. Teves maydonga qaytgaç, jamoa öynay olmasligini aytgan. KONMeBOL rahbari Alexandro Dominges va FIFA prezidenti Janni Infantino esa öyinning köçirilişiga qarşi çiqişgan.
LAMENTABLE#AbstractoNL Así fue la agresión al camión de Boca Juniors en su camino al Monumental #BocaxFOX #RiverxFOX #RiverBoca pic.twitter.com/Rv0eyvo03p
— Abstracto Noticias (@AbstractoNL) 24 noyabrya 2018 g.
11 noyabrda ötgan birinçi uçraşuv 2:2 hisobida yakunlangandi. Öşanda ham öyin yomğir sababli bir kunga qoldirilgandi.
Libertadores kubogi 1960 yildan beri ötkazib kelinadi va Janubiy Amerikaning eng nufuzli klublararo musobaqasi hisoblanadi. Musobaqa tarixida Buenos-Ayresning “Boka” va “River” jamoalari ilk bor finalda töqnaş keldilar.
Bu ikki klub qarama-qarşiligi jahon futbolidagi eng murosasizlaridan biri hisoblanadi. Ayni vaqtda “River” Argentinaning eng unvondor klubi hisoblanib, mamlakat çempionatini 36 marta, Libertadores kubogini 3 marta yutgan. “Boka” esa mamlakat çempionatida 33 marta yutgan, biroq Libertadores kubogida 6 marta zafar quçgan.












