Duşanba 19 dekabr kuni Rossiyaning Turkiyadagi elçisiga Anqarada suiqasd qilinişi, birinçi navbatda, Turkiya prezidenti Erdöğan siyosatiga qarşi qaratilgan edi. U Rossiya bilan qalin aloqalarni qayta yölga qöygan edi, deb fikr yuritmoqda Misr davlat xavfsizligi rahbarining sobiq örinbosari, brigada generali Fuad Allam. 

"Bu, hammasidan ham avval, Erdöğan hokimiyatiga qarşi qaratilgan. Dastlab, uning Rossiya bilan aloqalari keskinlaşgan, biroq, keyinçalik, u bu munosabatlarni yaxşiladi", — degan general RIA Novosti agentligiga.

Generalning sözlariga köra, Rossiya vakiliga hujum Turkiya hukumatining armiya, maxsus xizmatlar va politsiya safida ötkazgan tozalaş amaliyoti bilan boğliq bölişi ham mumkin. Natijada, uşbu tuzilmalarning sobiq xodimlari amaldagi hukumatga duşmanona kayfiyatini saqlab qolgan. 

"Turkiya – uxlab yotgan vulqon, u istalgan vaqtda otilişi mumkin. Ayniqsa, Erdöğan davlat töntarişiga urinişdan söng Turkiya armiyasida amalga oşirgan tozalaşlardan keyin, bu yanada kuçaydi. ... Erdöğan harakatlari baribir özining salbiy oqibatlariga ega böladi, bu mamlakatdagi vaziyat öta beqaror", — degan Fuad Allam. 

Ayni çoğda, boşqa bir misrlik ekspert, Misr Oliy harbiy akademiyasi maslahatçisi, general Mahmud Xalafning fikriça, rossiyalik elçining öldirilişi, Turkiya xavfsizlik tizimida nuqsonlar borligini körsatadi. 

"Bu Anqarada yuz berdi… Elçiga şunçalik osonlik bilan yaqinlaşiş xavfsizlikni ta'minlaş borasida hammasi köngildagidek emasligini anglatadi. Axir, xorijiy diplomatik vakolatxonalarni himoya qiliş har bir davlatning asosiy vazifalaridan biridir", — degan ekspert.

19 dekabrda Rossiyaning Turkiyadagi elçisi Andrey Karlovga fotokörgazma oçilişi çoğida öq uzilgan edi. Maxsus amaliyotda öldirilgan qotil Mavlut Mard Oltintoş Turkiya politsiyasida 2,5 yil işlagan.