Şavkat Mirziyoyev prokuratura organlari xodimlari kuni töğrisidagi qonunni imzoladi.
Davlat rahbari tomonidan 19 dekabr kuni imzolangan «Özbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilaş töğrisida»gi qonun matni 20 dekabr kuni «Narodnoye slovo» va «Xalq sözi» gazetalarida e'lon qilingan.

6 dekabr kuni Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan «Özbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilaş töğrisida»gi qonun loyihasi muhokama qilingandi.
Hujjat Oliy Majlis Senati tomonidan 13 dekabr kuni tasdiqlandi.
Prokuratura organlari xodimlari kuni 8 yanvarda nişonlanadi — 1992 yil 8 yanvar kuni «Özbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilingan.
Sentyabr oyida Şavkat Mirziyoyev Özbekiston prezidenti vazifasini bajaruvçi sifatida bir qator qonunlarni imzolagandi.











