Latviya seymi mamlakat harbiy kontingentining NATO boşçiligida Afğonistondagi xalqaro amaliyotdagi iştirokini uzaytirişga qaror qildi. Tegişli qaror loyihasi 100 deputatdan 80 nafari tomonidan qöllab-quvvatlangan. Unga köra davlat harbiylari Afğonistonda 2020 yilning 31 dekabriga qadar qoladigan böldi.

"Afğonistondagi xavfsizlik va siyosiy vaziyat hamon juda nozik bölib turibdi. Şuning uçun mamlakat milliy xavfsizlik kuçlarini qöllab-quvvatlaş böyiça xalqaro harakatlar mamlakatdagi, şuningdek butun mintaqadagi vaziyatni barqarorlaştiriş uçun juda muhimdir", - deya aytib ötdi Latviya mudofaa vaziri Raymonds Bergmanis parlamentariylar oldida çiqiş qilib.

Uning sözlariga köra, latviya harbiy kontingentining Afğonistondagi missiyada iştirok etişi bu davrda ham xuddi avvalgi hajmda böladi. "Afğonistonga har olti oyda 30 ga yaqin harbiy xizmatçi jönatiladi", - deya aytib ötdi u.

Latviya NATOning Afğonistondagi missiyasi iştirokini uzaytiriş orqali "alyans doirasida öz hissasini qöşişda davom etmoqda va xalqaro koalitsiyaning işonçli a'zo mamlakati ekanini tasdiqlamoqda", ta'kidlab ötdi mudofaa mahkamasi rahbari.

Ma'lumot uçun, Latviya Afğonistondagi xalqaro amaliyotda 2003 yildan beri iştirok etadi. Ayni damda mamlakatda 24 nafar latviyalik askar xizmat qilmoqda.