Hibs haqida 10-noyabr kuni Britaniyaning terrorizmga qarşi kuraş politsiyasi xabar berdi. Unga köra, 41 yoşli erkak şu kuni Londondan taxminan 160 kilometr ğarbda joylaşgan Gloster şahri yaqinida qölga olingan. Britaniyada josuslik kabi xorijiy davlatlar tahdidiga oid işlarni ham aynan şu politsiya tergov qiladi.
Politsiya bayonotiga köra, tergov – AQŞ hukumati, harbiylari va Federal qidiruv byurosi (FQB) bilan yaqin hamkorlikda olib borilgan. Bayonotda erkak aynan qanday harakatlarda gumon qilinayotgani aytilmagan. Faqat u 2023-yilgi Milliy xavfsizlik töğrisidagi qonunning 1 va 3-moddalari böyiça hibsga olingani maʼlum.
Bu moddalardan birinçisi himoyalangan maʼlumotni qölga kiritiş yoki oşkor qiliş, ikkinçisi esa xorijiy razvedka xizmatiga yordam beriş bilan boğliq. «Ayblovlar daxldor bölgan davlat – Rossiya», deyiladi bayonotda.
Gumonlanuvçi Londondagi politsiya bölimlaridan birida saqlanmoqda. Unga hali rasman ayblov qöyilmagan. BBC'ning yozişiça, mazkur qonun politsiyaga şaxsni ayblovsiz 14 kungaça uşlab turiş imkonini beradi. Tergov doirasida ikki manzilda tintuv ötkazilmoqda.
Gumonlanuvçi haqida nima maʼlum?
Rasmiylar gumonlanuvçining ismini aytmagan bölsada, uning xizmat joyi va mavqeyi haqida ayrim tafsilotlar maʼlum böldi. New York Times manbalariga köra, u Glosterşirdagi Imjin harbiy bazasida joylaşgan NATOning Ittifoqçi tezkor reaksiya korpusi (ARRC) ştab-kvartirasida xizmat qilgan.

Imjin NATOning Britaniyadagi eng yirik bazasi hisoblanadi. U yerda alyans hududidagi inqirozlarga tezkor javob berişga masʼul bölgan 20 ittifoqçi davlat harbiylari joylaşgan.














