Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 22 dekabr kuni joylardagi ijroiya hokimiyati va davlat idoralari rahbarlari uçun uy-joy quriş töğrisidagi qarorni imzoladi, deb yozmoqda Gazeta.uz.

Hujjatga köra, xizmat turarjoy fondlari 2017—2018 yillarda namunali loyihalar asosida barpo etiladi. Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi va viloyat hokimliklari, davlat idoralarining hududiy (viloyat) boşqarmalari rahbarlari uçun 0,06 ga maydonga bir qavatli, beşxonali uylarni barpo etiş, tuman (şahar) hokimiyatlari rahbarlari va davlat idoralarining tuman (şahar) bölinmalari rahbarlari uçun 0,02 ga maydonda ikki qavatli, tört xonali tösilgan uylarni quriş belgilangan. 

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, jami 312,4 mlrd sömlik 1684 ta turar-joy barpo etiladi (şu jumladan 210 ta viloyat darajasidagi rahbarlar uçun). 

Quriliş işlarini moliyalaş manbalari sifatida (joylardagi ijro hokimiyati idoralari rahbarlari uçun) mahalliy byudjyet mablağlari, (MXX hududiy boşqarmalari rahbarlari uçun) davlat byudjyeti hamda IIV, Adliya vazirligi, Davlat soliq qömitasi, Davlat bojxona qömitasi va Boş prokuraturaning byudjyetdan taşqari mablağlari körsatilgan