Çed-Meng Tan öz salohiyatlarini rivojlantirişga qiziquvçi köp kişilarga taniş. Bu inson xotirjamlik, xursandçilik va baxt holatiga erişişda yordam beruvçi oddiy va muhim asoslarni örgatadi. "Layfxaker" naşri uşbu inson tomonidan işlab çiqilgan universal baxt qoidasini naşr qildi. 

Çed-Meng Tan — sobiq Google xodimi, endilikda salohiyatlarni rivojlantirişga örgatuvçi taniqli şaxs. U har kuni köplab yirik IT-korporatsiyalar xodimlariga şaxs sifatida ösiş, meditatsiya, empatiya va hissiy intellektni rivojlantirişni örgatadi. 

Çedning sözlariga köra, u avval özini baxtsiz his qilgan, biroq u buni özgartirişga hamda yaşab ötgan har bir kunidan xursandçilik topişni örganişga muvaffaq bölgan. Çed 25 yoşida hammasi u öylaganidek yomon emasligini anglab yetgan. 

Ma'lum bölişiça, fikrlaşni nafaqat psixoterapiya seanslari orqali, balki maxsus maşqlar yordamida ham özgartiriş mumkin ekan. Çedning aytişiça, bu kiçik bölsa-da, baxt hissini tuyişga kömak beradi.

Masalan, siz çanqadingiz, şu bois sovuq suv içasiz. Bu juda yoqimli hissiyot, siz xursandçilik va mamnunlikni his qilasiz. 

Mana şunday kiçik baxt hissi odatda sezilmaydi: bir bölak sevimli şokoladni iste'mol qiliş, issiq köçadan salqin xonaga kiriş, uzoq kutilgan xabarni oliş... Bu juda yoqimli, axir!

Mamnunlik va xursandçilik hissi 2-3 soniya davom etadi, lekin u kayfiyatni kötarişga yordam beradi. Agar siz bu hisni sezişni örgansangiz, buning samarasi kuçayadi. 

Çed şunday deydi: "Baxtning kiçik lahzalarini doimo his qiliş mumkin. Ularni seza boşlasangiz, mö'jizalar röy beradi, siz yanada köproq ana şunday onlarni boşdan keçirasiz - doim, hamma yerda. Endi siz xursandçilik va baxtni har kuni his qilasiz".

Bu maslahat asosida yotuvçi ğoya oddiy. Bu yerda biz odatlarimizni şakllantiradigan mexanizm işlaydi. Biz bajarayotgan harakatlar qançalik odat tusiga kirsa, uni hayotga tatbiq etiş şunçalik oson böladi, miyani şunça kam işlatiş kerak böladi. 

"Baxt lahzalari" maşqi turtki, muntazamlik va mukofotdan iborat. Bu uç asos odatni şakllantiriş uçun zarur. 

"Turtki"da yoqimli onlar boşdan keçiriladi.

"Muntazamlik"da siz bu lahzalarni seza boşlaysiz.

"Mukofot"da xursandçilik va baxt hissi qamrab oladi. 

Maşq meditatsiya bilan şuğullanuvçi kişilar uçun ham foydali. U tajribadan avval töğri holatga kirişga yordam beradi. Çedning sözlariga köra, mazkur maşq bajarilişining özi meditatsiya hisoblanadi. Biz dastlab atrofimizdagi mayda detallarni seza boşlaymiz, keyin esa - haqiqatda körişga muvaffaq bölamiz. 

Çedning ğoyasini tasdiqlovçi ilmiy dalillar ham bor. Loyol universiteti psixologlari tomonidan ötkazilgan kiçik tajriba yoqimli lahzalarni anglovçi 55 yoşdan katta kişilarning aksariyati moliyaviy ahvoli yoki salomatlikdagi muammolarga qaramasdan, hayotdan mamnunlik hissini namoyon etişganini körsatgan. Xursandçilik hissini seza olmagan kişilar esa özlarini yomon his qilişgan, biror bir kasallik esa ularning kayfiyatini yanada tuşirib yuborgan.

 

Xulosa

1. Kiçik xursandçilik lahzalarini sezişni va qadrlaşni örganing.

2. Ularning sizga quvonç va baxt olib kelayotganini his qiling.

3. Xursandçilik hissi kundalik odatga aylanmagunça bu maşqni takrorlang.