The Guardian xabariga köra, AQŞ prezidenti Janubiy Karolinadagi mitingda sözlagan nutqida Google boş direktori Sundar Piçaiga qilgan qönğiroği haqida gapirib berdi.
«Menga faqat ikkita okean yoqadi: Atlantika va Tinç okeani. Men uşbu ikkisidan boşqa heç qaysi okeanni Tramp yoki Amerika nomi bilan atamoqçi emasman. Xullas, biz Atlantika okeani variantini jiddiy körib çiqdik va men Google Maps xizmatiga qönğiroq qildim, ular avval köl masalasini qoyilmaqom qilib uddalaşgandi... Körfaz bilan boğliq voqeadan keyin ular hali ham öziga kelolmayapti. Men unga: «Sundar, men Atlantika okeani haqida öylab turibman», - dedim», - deb taʼkidladi u.
Trampning sözlariga köra, Piçai bunga rad javobini berib, buni quyidagiça izohlagan: «Yöq, yöq, yöq. Bu safar bunday qila olmayman... Okeanlar bilan vaziyat boşqaça, ser. Ular köplab mamlakatlar qirğoqlarini yuvib turadi. Iltimos, bizdan buni söramang».
Prezident öz ğoyasidan voz keçib, okeanni Atlantika nomi bilan qoldirişga qaror qilganini aytdi.
Google kompaniyasi bungaça Trampning talabi bilan geografik nomlarni özgartirişga ikki marta rozi bölgandi. Dastlab Meksika körfazi Amerika körfazi deb qayta nomlandi. Google Maps’dagi yangi nom faqat amerikalik foydalanuvçilarga körinadi.
Keyinroq Ontario köli Amerika köli deb özgartirildi. Bu holatda ham xaritalardagi yangi nom AQŞ aholisi uçun körinadi, Kanada aholisi avvalgi nomni köradi, dunyoning qolgan qismi uçun esa ikkala nom bir vaqtning özida aks etadi.

















