Birinçi örinni “şarros köz yoşi tökayotgan yuz” - 😭 egalladi. U avvalgi yetakçilar - “quvonç köz yoşlari bilan kulayotgan yuz” 😂 va “kulgidan dumalayotgan yuz” 🤣 ni ortda qoldirdi.
Alohida taʼkidlanişiça, “şarros köz yoşi tökayotgan yuz” emojisi faqat haqiqiy qayğuni ifodalaş uçungina işlatilmaydi. Yozişmalarda bu belgi kulgi, kuçli hayrat, noqulaylik, zavqlaniş yoki his-tuyğularning haddan taşqari köpligini anglatişi mumkin. Google tadqiqotçilari uşbu belgining ommalaşib borayotganini zumerlarning odatlari bilan boğlamoqda - bir yil içida undan foydalaniş 37 foizga oşgan.
Ösmirlar va zumerlar “quvonç köz yoşlari bilan kulayotgan yuz” va “kulgidan dumalayotgan yuz”ni tobora kamroq tanlamoqda - ular uçun bu emojilar haddan taşqari siyqasi çiqqan. Tadqiqotçilar bu özgarişni yoşlarning eski emojilar maʼnosini qayta anglab yetayotgani bilan izohlaşadi.
Katta avlod vakillari uçun bu belgilar hamon samimiy kulgini körsatişning tuşunarli usuli bölib qolayotgan bölsa, yoş foydalanuvçilar esa köproq dramatik yoki absurd variantlarni afzal körişadi.
Öntalikka yana nimalar kirdi?
😭 - şarros köz yoşi tökayotgan yuz;
🤣 - kulgidan dumalayotgan yuz;
😂 - quvonç köz yoşlari bilan kulayotgan yuz;
❤️ - qizil yurak;
🙏 - tutaşgan kaftlar;
😘 - bösa yuborayotgan yuz;
🥰 - yurakçalar bilan tabassum qilayotgan yuz;
👍 - boş barmoq yuqoriga;
😍 - közlari yurakça bölgan yuz;
😁 - közlari yopiq holda tirjayayotgan yuz.
Google’ning taʼkidlaşiça, emojilar yordamida muloqot qilişning usullari ham özgarmoqda: odatiy belgilar yangi maʼnolarga ega bölmoqda, eskilari esa asta-sekin zamonaviy internet madaniyatiga yaxşiroq mos keladiganlariga öz örnini böşatib bermoqda.













