AQŞ Kongressining vakillar palatasi a'zosi Adam Şiff (Kaliforniya ştatidan demokrat)ning fikriça, amerika ma'muriyati tomonidan Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalar yetarli emas va qöşimça çeklov çoralarini qöllaş lozim. U bu haqda ABC telekompaniyasiga bergan  intervyusida aytib ötgan.

"Biz yanada köproq narsani qiliş kerak, degan fikrdamiz, - dedi Kongress quyi palatasidagi razvedka böyiça qömita a'zosi sanaluvçi Şiff. – Töğrisini aytsam, biz (Kongressda) qabul qilingan çoralar Rossiyani bosib turişda yetarli emas, deb hisoblaymiz hamda kelajakda sanksiyalar yanada kuçaytirilişi mumkin. Buni har ikki partiya ham qöllab-quvvatlaşiga guvoh bölasiz".

Şiffning ta'kidlaşiça, AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp Barak Obama ma'muriyati tomonidan Moskvaga nisbatan kiritilgan sanksiyalarni bekor qilişga qaror qilsa, u Kongressning “keskin reaksiyasi”ga duç keladi. Şiffning sözlariga köra, bunday holatda köplab demokrat va respublikaçilar Rossiyaga qarşi “jiddiy sanksiyalar paketi”ni qöllaş uçun harakat qilişadi.

Avvalroq, amaldagi AQŞ ma'muriyati rasmiy vakillari maxsus taşkil etilgan brifingda Tramp inauguratsiyadan söng Rossiyaga qarşi sanksiyalarni qiyinçiliksiz bekor qilişi mumkinligini tan olişgandi. 

Ma'lumot uçun, AQŞ 29 dekabr kuni bir qator Rossiya kompaniyalari, Federal xavfsizlik xizmati va mamlakat Qurolli kuçlari boş ştabi boş boşqarmasiga nisbatan sanksiyalar kiritilişi haqida ma'lum qildi. Şuningdek, Amerika hukumati 35 nafar rossiyalik diplomatni mamlakatdan çiqarib yubordi. Vaşington bu qadamlarni amerika siyosiy taşkilotlariga uyuştirilgan xakerlik hujumlari bilan boğlagan. Amaldagi ma'muriyat bunda Rossiyani ayblamoqda.

Moskva esa kiberhujumlarga aloqasi yöqligini bir neça bora ma'lum qilgan. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov yangi sanksiyalarga izoh berarkan, ular “tajovuzkorlikdan darak berişi”ni ta'kidlab ötdi.