3 yanvar oqşomida «Arsenal» «Bornmut»ga qarşi öyinida qoniqarsiz natijadan taşqari, bir neça köngilsiz holatlar röy berdi. Jamoa tayanç yarim himoyaçisi Frensis Koklen va jamoa sardori Loran Koselni jarohat tufayli öyinni yakunlay olmadi.

Birinçi bölim vaqtida jamoa 2ta gol ötkazib yuborgaç futbolçilar asabiylaşa boşlaşdi. Xususan, jamoa yetakçisi Aleksis Sançes vaziyatlardan birida Remzini sökib yuborgan.

Ikkinçi bölimda Arsen Venger şogirdlari yana bitta gol ötkazib yuborişdi. Öyinda hammadan köp harakat qilgan Aleksis Sançes avvaliga javob golini urdi va keyin uning harakatlari ortida ikkinçi va uçinçi javob gollari urildi.

Uçinçi gol 90-daqiqada urildi. Lekin bu hali hisob tenglaşişi edi, xolos. Bu vaqtda Sançes maydon markaziga qarab çopadi, Jiru esa golni nişonlaşga vaqt ketkazadi. Bu Sançesga yoqmayotganini uning yuzidan köriş mumkin:

 

Öyinning oxirgi soniyalarida jamoa hujumga ötayotganida «Arsenal» futbolçilaridan biri çap qanotda oçiq turgan Sançesni körmadi va töpni havolatib tepib yubordi. Natijada hujum uzildi, hakam esa öyinni yakunlab qöya qoldi.

Huştak yangragaç, Aleksis Sançes qölqoplarini yeçib maydonga otdi va jamoadoşlariga e'tirozlarini bildira boşladi. Bu holatlar videolari internetda tarqalgan.