2017 yilda Yaponiya hukumati uçun asosiy vazifa iqtisodiyotni rivojlantiriş böladi. Bu haqida mamlakat boş vaziri Sindzo Abe çorşanba kuni joriy yildagi birinçi matbuot anjumanida ma'lum qildi.
"Bizning ustuvor vazifamiz iqtisodiyotni rivojlantiriş böladi. Deflyatsiya bilan kuraşiş uçun biz Abe hukumatining uç "öq"iga (Abe hukumatining iqtisodiy kursi) tayanamiz: monetar siyosat, fiskal siyosat va ösiş strategiyasi", - dedi u.
Iqtisodiy taraqqiyot mavzusini davom ettirar ekan, boş vazir Yaponiya uçun eng yoruğ kelajakni yaratiş ustida hali işlaş kerakligini ta'kidladi. "Bizning kelajagimiz - bu boşqa birov şuğullanadigan narsa emas. Biz, Yaponiya fuqarolari bu haqida özimiz öylaşimiz kerak va hozir bizga ana şunday qat'iyat zarur. Biz farzandlarimiz, nevaralarimiz va kelajak avlod haqida öylaşimiz darkor", - deya öz sözlariga yakun yasadi Abe.
Mamlakatda 10 yildan ortiq vaqt davomida saqlanib kelayotgan deflyatsiya bilan kuraşiş hukumatning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Maqsad - inflyatsiyani 2 foiz darajasiga olib çiqiş.












