Xitoyning Xenan viloyatidagi kömir konlaridan birida gaz aralaşmasining portlaşi oqibatida halok bölganlar soni 12 nafarga yetdi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi mahalliy hokimiyat vakillariga tayangan holda.
Hodisa 4 yanvar kuni keçqurun Çjençjou şahar okrugining Denfen muzofotida sodir bölgan. Portlaş çoğida 51 kişi yer ostida bölgan, ularning 39 nafari yer ustiga çiqişga ulgurgan. Yana 7 kişi yer ostida qolib ketgan. 6 yanvar kuni hukumat vakillari ularning halok bölganini tasdiqladi. Xabarlarga köra, portlaşga asbob-uskunalardan notöğri foydalaniş sabab bölgani taxmin qilinayapti.












