Nvidia korporatsiyasi rahbari Jensen Huang isteʼfoga çiqdi. Uning vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib moliyaviy direktor Kolett Kress tayinlandi.
«Direktorlar kengaşi bugun Jensen Huang prezident, boş direktor va direktorlar kengaşi aʼzosi lavozimlaridan zudlik bilan ketişini maʼlum qildi. <...> Kolett Kress doimiy voris tayinlanguniga qadar boş direktor vazifasini bajariş bilan bir vaqtda ijroçi vitse-prezident hamda moliyaviy direktor lavozimlaridagi faoliyatini ham davom ettiradi. Direktorlar kengaşi doimiy boş direktorni qidirişni boşlaydi va içki hamda taşqi nomzodlarni körib çiqadi», - deyiladi kompaniya bayonotida.
Huang Nvidia kompaniyasiga asos solgan va uni 1993-yildan buyon boşqarib kelayotgan edi. U josuslikda gumon qilinayotgan Xitoy fuqarosi bilan munosabatlari borligi maʼlum bölgaç, isteʼfoga çiqişga qaror qildi.
Eʼlon fonida Nvidia aksiyalari pasayişda davom etdi. Fond bozori oçilişida qimmatli qoğozlar 13 foizga arzonlaşdi. Bir hafta içida kompaniya bozor kapitallaşuvining taxminan 600 milliard dollarini yöqotdi.













