AQŞning Florida ştatidagi aeroportda otişma sodir etgan Esteban Santyagoga ayblovlar e'lon qilindi. U ölim jazosiga tortilişi mumkin, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

Santyagoga ölimga olib kelgan zöravonlikni sodir etiş ayblovi qöyilgan. Uşbu jinoyat uçun umrbod ozodlikdan mahrum qilişgaça jazo közda tutilgan. 

Terrorçi şuningdek 5 kişining ölimi va 6 kişining yaralanişida ayblanmoqda.

Taxmin qilinişiça, jinoyatçi 9 yanvarda birinçi bayonot bilan çiqadi.

Avvalroq Fort-Loderdeyl aeroportida otişmani sodir etgan Santyago uning ongini AQŞ razvedkasi nazorat qilişini ta'kidlagandi.

6 yanvarda aeroportda sodir etilgan otişma oqibatida 5 kişi halok bölgan, 45 kişi yaralangan.

Hujumni sodir etişda 26 yoşli Esteban Santyago gumon qilinmoqda.