5 yanvar kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Soğliqni saqlaş vazirligining yangi rahbariyati, markazlar rahbarlari hamda viloyat soğliqni saqlaş boşqarma boşliqlari va boşqa bir qator mutasaddilar bilan uçraşdi. Unda bugungi kunda tibbiyot sohasi oldida turgan kamçiliklar va muammolar xususida söz yuritildi. Şular qatorida ixtisoslaşgan tibbiy yordam tizimiga alohida e'tibor qaratildi. 

"Ixtisoslaşgan tibbiy yordam tizimida öz yeçimini kutayotgan muammolar mavjud. Bu borada qator işlar qilindi, lekin "Tizimning bugungi kundagi faoliyati talabga javob beradimi?" degan savol paydo böladi. Ming afsuski, yöq! Masalan, qişloq aholisining operatsiya amaliyotlarining 90 foizi Toşkent şahrida ötkazilmoqda. Bu notöğri! Uzoq viloyatlardan Toşkentga yetib kelgunça qança xarajat ketadi?! Bu borada tizimli taqvimlardan foydalaniş kerak, ya'ni mutaxassislar navbatma-navbat kelib, operatsiyalarni öşa yerlarda amalga oşirişlari kerak. Ixtisoslaşgan tibbiy markazlar faoliyatini tanqidiy örganib çiqiş zarur", - deya ta'kidladi Ş. Mirziyoyev.

Şuningdek davlat rahbari joylarda öz yönalişlari böyiça uslubiy yordamlar körsatilmayotgani, mutaxassislar malakasi oşirilmayotganiga diqqatni qaratdi. Ixtisoslaşgan markazlarni çekka hududlarda yaşovçi aholiga yaqinlaştiriş kölamini oşiriş maqsadga muvofiqligi qayd etildi. Şu örinda ixtisoslaşgan markazlar strategiyasi va taktikasi tanqid ostiga olindi.