Turkiya hukumati mamlakatning çegara nazorat nuqtalarida xavfsizlik darajasini oşiriş uçun insonni yuzidan taniy oladigan tizimlarni örnatmoqda. Bu haqida Turkiya bojxona va savdo vaziri Bulent Tufenkçi bergan xabarga asoslanib, Anadolu naşri ma'lum qildi.
"Agar qidiruvdagi şaxs çegaradan yölovçi va transport vositalari haydovçilari bilan birga ötişga harakat qilsa, yangi tizim uning şaxsini aniqlaydi. Bu innovatsiya xalqaro terrorizm va jinoyatçilik bilan kuraşişga muhim hissa qöşadi", - dedi Tufenkçi.
"Bundan taşqari, çegaradan ötayotgan kişilar surati politsiya boş boşqarmasi bilan hamkorlikdagi ma'lumotlar bazasiga kiritiladi. Bu kelajakda jinoyatçilarni javobgarlikka jalb qiliş, noqonuniy migratsiya, kontrabanda, şu jumladan qurol va giyohvand moddalar kontrabandasi, odam savdosi bilan yanada samarali kuraşişda yordam beradi", - qöşimça qildi u.
Manbaga köra, yangi tizim Turkiyaning Eron, Iroq va Suriya bilan 11 çegara nazorat nuqtasida örnatilgan.












