Avstraliya soğliqni saqlaş vaziri Syuzan Li davlat mablağlarini talon-toroj qilgani uçun ayblovlar fonida iste'foga çiqişga majbur böldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Vazir bilan boğliq mojaro Lining Gold-Kost qimmatbaho kurortiga safarlari tufayli kelib çiqdi. Ularga soliq tölovçilarning mablağidan taşkil topgan fondlardan xarajat qilingan. U şunday safarlarning birida “lyuks” toifasidagi xonani taxminan 800 ming dollarga ijaraga olgan. Amaldorning özi bunday xarid “öylamasdan” amalga oşirilganini tan olgan.
"Avstraliyaliklar siyosatçilar soliq tölovçilarning mablağini kerakli sohalarga töğri sarflaşini kutişga haqli", - deya ma'lum qilgan mamlakat boş vaziri Malkolm Ternbull.
Ta'kidlanişiça, soğliqni saqlaş vazirining iste'fosi hukumatga 2015 yilning sentabrida kelgan boş vazir mahkamasidagi ilk lavozim özgarişi böldi.











