Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganining 25 yilligi munosabati bilan Vatan himoyaçilariga bayram tabrigi yölladi. Tabrik matni ÖzA tomonidan taqdim etilgan.

Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuçlarimiz faxriylari! 

Qadrli yurtdoşlar! 

Şu kunlarda butun xalqimiz mamlakatimiz hayotidagi buyuk tarixiy sanani bayram qilmoqda. Ya'ni, Vatan himoyaçilari kuni va Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganining 25 yilligi yurtimizda keng nişonlanmoqda. 

Ana şu qutluğ ayyom bilan öz hayotini Vatanni himoya qilişdek eng uluğ va olijanob işga bağişlagan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni çin qalbimdan samimiy tabriklayman. 

Bugun, mana şu şonli bayram kunida buyuk davlat va siyosat arbobi, Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti, muhtaram Islom Abduğaniyeviç Karimovning yorqin xotirasiga barçamiz yana bir bor hurmat bajo keltiramiz. Ötgan 25 yil davomida Qurolli Kuçlarimizni barpo etiş yölida qölga kiritgan beqiyos yutuqlarimiz aziz Yurtboşimizning nomi bilan çambarças boğliq ekanini çuqur minnatdorçilik bilan esga olamiz. 

Özbekiston mustaqillikka erişgan birinçi kunlarda aynan Islom Abduğaniyeviç namoyon etgan prinsipial pozitsiya, siyosiy iroda va azmu şijoat tufayli milliy armiyamizga asos solindi. 1992 yil 14 yanvarda yurtimiz hududida joylaşgan barça harbiy tuzilmalar Özbekiston Respublikasining huquqiy tasarrufiga ötkazildi. Mana, 25 yildirki, ana şu tarixiy kun Qurolli Kuçlarimiz poydevori qöyilgan, istiqlolimiz solnomasiga oltin harflar bilan yozilgan buyuk sana sifatida bayram qilinmoqda. 

Birinçi Prezidentimiz öşa oğir yillarda “Özining buyuk tarixi va ajdodlariga munosib voris bölgan xalqimiz mamlakat xavfsizligini ta'minlaşga qodir armiyani yarata oladi”, deb katta işonç bilan aytgan edilar. 

Bugungi kunda ana şu ulkan işonçga har tomonlama loyiq bölgan Qurolli Kuçlarimiz taşkil etilganini barçamiz körib turibmiz. 

Haqiqatan ham, tarixan qisqa muddatda mamlakatimiz mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, çegaralarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinç va osoyişta hayotini işonçli himoya qilişga qodir bölgan milliy armiya barpo etildi, deb ğurur va iftixor bilan aytişga bugun barça asoslarimiz bor. 

Sobiq Ittifoq hududida turli qurolli töqnaşuv va qarama-qarşiliklar yuz berayotgan ğoyat murakkab şaroitda Özbekiston Qurolli Kuçlariga asos solingani, heç mubolağasiz aytiş mumkin, yoş davlatimizni quriş jarayonida hal etilgan buyuk vazifalardan biri böldi. Aynan milliy armiyamiz mamlakatimizda erkin, ozod va farovon hayot bunyod etiş, demokratik islohotlarni samarali amalga oşiriş yölida işonçli kafolat, toğdek tayanç bölib kelmoqda. 

Albatta, mustaqillikning ilk yillarida barça sohalar kabi harbiy yönalişda ham köplab oğir muammolar töplanib qolgan edi. Avvalo, qöşinlarning moddiy-texnik ta'minot tizimi talab darajasida emas edi. Harbiy tuzilmalar özining qurilişi va jangovar tarkibi böyiça yangi paydo bölgan tahdidlar oldida zaif edi. Eng muşkul muammo – malakali harbiy kadrlar yetişmasdi. Şuning uçun milliy armiyamizni barpo etiş va isloh qiliş böyiça har tomonlama çuqur öylangan va uzoq muddatga möljallangan strategiya işlab çiqildi. 

Ötgan çorak asr davomida ana şu strategiya asosida, Milliy xavfsizlik konsepsiyasi va Mudofaa doktrinasi doirasida köp işlar qilindi. Yuz berişi mumkin bölgan harbiy harakatlar teatri va uning real xususiyatlari, ilğor xorijiy tajribalar har tomonlama hisobga olindi. Şu asosda ixçam, yaxşi ta'minlangan, yuksak jangovar ruhga ega bölgan milliy armiyamiz barpo etildi. 

Qisqa muddatda harbiy okruglar, çegara mintaqalari, şuningdek, jangovar qobiliyatga ega qöşin guruhlari, birinçi navbatda, murakkab jangovar operatsiyalarni amalga oşirişga qodir bölgan Içki vazifalar korpusi va Maxsus operatsiyalar böyiça kuçlar taşkil etildi. 

Bugungi kunda harbiy boşqaruvning samarali tizimi şakllantirildi. Qurolli Kuçlar tarkibida turli qöşinlarning özaro muvofiq holda va hamkorlikda harakat qilişini ta'minlaydigan mexanizmlar faoliyat körsatmoqda. 

Harbiy kadrlarni tayyorlaş va qayta tayyorlaş hamda malakasini oşiriş tizimi prinsipial jihatdan mutlaqo yangi asosga ötkazildi. 

Mustaqillikning dastlabki yillarida mahalliy ofitser kadrlar yurtimizdagi harbiy xizmatçilar umumiy sonining – şunga e'tibor bering – atigi 0,6 foizini taşkil etardi. Ofitserlarni tayyorlaş esa uçta harbiy bilim yurtida va bor-yöği uçta harbiy mutaxassislik böyiça olib borilar edi. Amalga oşirilgan işlar natijasida qöşimça ravişda yangi, zamonaviy uçta harbiy ta'lim muassasasi taşkil etildi, kursantlarni öqitiş tizimi esa köp tarmoqli asosda yölga qöyildi. 

Yuqori böğin qömondonlik ofitserlarini tayyorlaş hamda mudofaa qurilişi sohasida ilmiy tadqiqotlar va işlanmalarni amalga oşiriş böyiça eng zarur vazifalar samarali hal etilmoqda. Bu borada ayniqsa 1995 yilda taşkil etilgan Qurolli Kuçlar akademiyasi ğoyat muhim örin egallab kelmoqda. 

Şuningdek, armiyaning asosiy tayançi bölgan serjantlar korpusini şakllantirişga alohida e'tibor qaratildi. Serjantlarni öqitiş 2001 yilda ilğor xalqaro standartlar asosida taşkil etilgan serjantlar tayyorlaş maktablarida 26 ta yönaliş va mutaxassislik böyiça olib borilmoqda. 

Qadrli döstlar! 

Mustaqillikka erişganimizdan söng fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga çaqiriş tizimini isloh qiliş böyiça ham ulkan işlar amalga oşirildi. Buning natijasida jamiyatimizning armiyaga bölgan munosabati tubdan özgardi. 

Milliy armiyamiz taşkil etilgan dastlabki yillarda harbiy qismlarni yoş askarlar bilan töldirişda jiddiy muammolar mavjud edi. Sobiq şöro tuzumida armiyada xizmat qilgan katta avlod vakillari yaxşi biladi, öşa paytda harbiy xizmatni ötaş, ayniqsa, Özbekiston yoşlari uçun oğir taşviş va maşaqqat edi. Çunki, yurtimiz yoşlari asosan quriliş batalonlariga qora işçi sifatida yuborilardi. 

Harbiy qismlardagi nosoğlom ma'naviy-ruhiy muhit, ustav qoidalariga zid bölgan munosabatlar tufayli qança-qança navqiron yigitlar, ota-onalar jabr çekkani – bular hammasi haqiqat. 

Yangi milliy armiyani yaratişda bunday salbiy illatlarga mutlaqo çek qöyiş kerak edi. Şu maqsadda bir neça yillar davomida izçil iş olib borildi. Jumladan, muddatli harbiy xizmat bir yil etib belgilandi, harbiy xizmatçilarning ijtimoiy-maişiy şaroitlari, oziq-ovqat ta'minoti tubdan yaxşilandi. Muddatli harbiy xizmatni ötab, rezervga böşatilgan yoşlarning işga joylaşişi va oliy öquv yurtlariga öqişga kirişi bilan boğliq imtiyozlar tizimi belgilandi. Bularning barçasi harbiy jamoalarda soğlom ma'naviy-axloqiy muhit şakllanib, yoşlar örtasida harbiy xizmatning nufuzi keskin oşişida muhim omil böldi. 

Ana şu islohotlarning mantiqiy davomi sifatida fuqarolarning safarbarlik çaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni ötaşini nazarda tutadigan öziga xos noyob tizim yaratildi. Bu tizimda yoşlar nafaqat zarur harbiy tayyorgarlikdan ötadi, balki jismoniy va ma'naviy jihatdan çiniqadi. Ular özlarining fuqarolik mas'uliyati, Vatan himoyaçisi sifatidagi muqaddas yigitlik burçini çuqur anglab, öz yurtiga fidoyi inson bölib yetişadi. 

Bugungi kunda milliy armiyamiz ming-minglab öğlonlarimiz uçun çinakam mardlik, fidoyilik, haqiqiy vatanparvarlik maktabiga aylangani, heç şubhasiz, şu yölda erişgan eng katta yutuğimizdir. Bu haqiqatni yurtimizdagi barça ota-onalar, butun xalqimiz ğurur bilan, minnatdorçilik bilan e'tirof etmoqda. 

Hozirgi kunda onalar öz farzandlarini armiyaga közda yoş, yurakda xavotir bilan emas, balki mening öğlim haqiqiy Vatan himoyaçisi böladi, deb, yuksak işonç va faxr tuyğusi bilan kuzatmoqda. 

Onalar könglidagi rozilik – bu butun xalqimiz qalbidagi rozilik ifodasi, desam, ayni haqiqatni aytgan bölaman. 

Hurmatli yurtdoşlar! 

Milliy armiyamiz rivojlanib borişi bilan uni qurol-yaroğ va texnika bilan ta'minlaş böyiça ham keng kölamli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Qöşinlar zamonaviy va modernizatsiya qilingan öq otar va oğir qurollar, vertolyotlar, samolyotlar, havo hujumidan mudofaa vositalari, avtomobil va bronetexnikalar, aloqa vositalari bilan ta'minlanmoqda. 

Harbiy xizmatçilar va ularning oila a'zolarini ijtimoiy himoya qiliş, harbiy şaharçalarda zamon talablariga javob beradigan ijtimoiy-maişiy şaroitlar yaratişga alohida e'tibor qaratilmoqda. Şu maqsadda kompleks dasturlar amalga oşirilmoqda. Ana şu dasturlar doirasida 15 mingdan ortiq harbiy xizmatçilar oilasi uy-joy bilan ta'minlangani, ayniqsa, e'tiborlidir. 

Heç şubhasiz, biz bu yönalişdagi tizimli işlarni kelgusida ham izçil davom ettiramiz. 

Mustaqillik yillarida Qurolli Kuçlar ustidan fuqarolik nazoratini amalga oşiriş böyiça samarali mexanizm işlab çiqildi. Bu mexanizm milliy armiya faoliyatida oçiqlikni ta'minlaşda katta ahamiyatga ega bölmoqda. Şuningdek, harbiy quriliş sohasidagi siyosatni işlab çiqiş va amalga oşiriş, harbiy xizmatçilar va çaqiruv yoşidagi farzandlarimizni tarbiyalaşga fuqarolik institutlari va jamoat taşkilotlarini keng jalb etişda muhim rol öynamoqda. Mudofaa va xavfsizlik masalalari böyiça Oliy Majlis palatalari qömitalari, Mudofaa vazirligi huzurida 2012 yilda taşkil etilgan Jamoatçilik kengaşi bugungi kunda Qurolli Kuçlar bilan faol hamkorlik olib bormoqda. 

Bularning barçasi milliy armiyamizni xalqimizga, xalqimizni milliy armiyamizga yanada yaqinlaştirişdek ğoyat muhim maqsadga xizmat qilmoqda. 

Fursatdan foydalanib, Qurolli Kuçlarimizni barpo etiş, uning jangovar qudratini oşiriş yölida fidokorona mehnat qilgan harbiylarimizga, şu ezgu işga hissa qöşgan barça yurtdoşlarimizga çuqur minnatdorçilik bildiraman. 

Muhtaram döstlar! 

Hozirgi vaqtda jahonda va mintaqamizda harbiy-siyosiy vaziyat keskin özgarib, milliy va global xavfsizlik sohasida xatar va tahdidlar tobora kuçayib bormoqda. Ana şunday öta mas'uliyatli vaziyat va hayotning özi erişgan barça yutuqlarimizni, şu bilan birga, yöl qöygan kamçiliklarimizni çuqur va tanqidiy tahlil qilişni barçamizdan talab etmoqda. Şu asosda milliy armiyamizni yanada rivojlantiriş va takomillaştiriş borasida puxta öylangan va izçil harakatlarni davom ettirişimiz darkor. 

Birinçidan, milliy xavfsizlik kabi öta muhim sohani qonun talablari asosida boşqariş samarasini oşiriş bizning ustuvor vazifalarimiz qatoriga kiradi. Afsuski, bu sohadagi köplab hujjatlarimiz hozirgi davr talablariga javob bermayapti. 

Biz milliy xavfsizlikni ta'minlaşda strategik rejalaştiriş böyiça aniq davlat tizimini barpo etişga obektiv zarurat sifatida ehtiyoj sezmoqdamiz. 

Uşbu tizimda doimo yangilanib boradigan Milliy xavfsizlik konsepsiyasi markaziy örinni egallaşi şart. Mazkur konsepsiyada Özbekiston taşqi siyosatiga xos moslaşuvçanlik va oçiqlik tamoyillari, bizning yaqin qöşnilarimiz bilan konstruktiv munosabatlarni rivojlantiriş ustuvor vazifa ekani aks ettirilişi darkor. Ayni vaqtda Vatanimiz mustaqilligi va suvereniteti, xalqimizni madaniy-tarixiy öziga xosligini asraş böyiça qat'iy körsatmalar belgilab berilişi kerak. 

Şu munosabat bilan muhim bir yondaşuvni yana bir bor ta'kidlaşni örinli, deb bilaman: heç qanday harbiy-siyosiy bloklarga qöşilmaslik, Özbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning harbiy baza va obektlarini joylaştirişga yöl qöymaslik, harbiy xizmatçilarimizning xorijdagi tinçlikparvarlik operatsiyalarida iştirok etmaslik siyosatiga sodiq qoliş bundan buyon ham mamlakatimizning prinsipial pozitsiyasi bölib qoladi.

Özbekistonda yangi Qurolli Kuçlar akademiyasi taşkil etiladi, unga talabalar litsey va kollejlardan tanlab olinadi